Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik patta yigʻimlari, koʻrsatiladigan xizmatlar hamda bino, inshoot va yer maydonlaridan undiriladigan toʻlovlar miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida (131-son)
31.03.2012
Namangan viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-sonli va Vazirlar Mahkamasining “Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari bilan savdo qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyuldagi 330-sonli qarorlariga muvofiq hamda Moliya vazirligining 2012-yil 7-martdagi BT/15-02-32-21/74-sonli va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 7-martdagi 26/1-3112-sonli xatlarini, shuningdek, viloyat moliya boshqarmasining 2012-yil 14-martdagi 05-7/379-sonli, bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish viloyat hududiy boʻlimining 2012-yil 14-martdagi 26/3-410-sonli, viloyat bozorlar uyushmasining 2012-yil 10-martdagi 62/3-sonli va viloyat adliya boshqarmasining 2012-yil 29-martdagi 01-03-734-sonli xatlarini inobatga olib, viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik patta yigʻimlari, koʻrsatiladigan xizmatlar hamda bino, inshoot va yer maydonlaridan undiriladigan toʻlovlar miqdorlarini belgilash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012-yil 7-martdagi BT/15-02-32-21/74-sonli va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 7-martdagi 26/1-3112-sonli xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
viloyatdagi barcha bozorlar va savdo komplekslarida undiriladigan bir martalik patta toʻlovlarining miqdori 1-ilovaga muvofiq;
viloyatdagi barcha bozorlar va savdo komplekslarida koʻrsatiladigan pullik xizmatlar haqining miqdori 2-ilovaga muvofiq;
viloyatdagi barcha bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va yer maydonlaridan undiriladigan toʻlovlar miqdori 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Namangan shahar xokimi (T. Dadabayev), bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish viloyat boʻlimi (A. Yusupov), Viloyat bozorlari aksiyadorlik jamiyatlari uyushmasi boshqaruvi (A. Yuldashev):
Namangan shahridagi “Yashil dehqon bozori” MChJ hududida qurilgan savdo shaxobchalarini sotilishi toʻliq yakuniga yetkazilgunga kadar, mazkur bozor tomonidan belgilangan bir martalik patta yigʻimlari va pullik xizmat hamda bino, inshoot va yer maydonlaridan undiriladigan toʻlovlarning miqdorini ilovalarda koʻrsatilgan tumanlar uchun belgilangan miqdorlarda undirilishi belgilab qoʻyilsin.
4. Shahar va tumanlar hokimlari, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi (M. Xakimov), Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish viloyat boʻlimi (A. Yusupov), Viloyat bozorlari aksiyadorlik jamiyatlari uyushmasi boshqaruvi (A. Yuldashev) bilan birgalikda:
belgilangan bir martalik patta yigʻimlari va pullik xizmat hamda bino, inshoot va yer maydonlaridan undiriladigan toʻlovlarning miqdorini viloyatdagi barcha bozorlar va savdo komplekslariga yetkazilishi, sotuvchi va xaridorlarga koʻrinarli joylarga joylashtirilishi hamda amalda tatbiq etilishi ustidan nazorat oʻrnatsinlar;
viloyatdagi barcha bozorlar va savdo komplekslarida savdo oʻrinlari va koʻrsatiladigan xizmatlarning turlariga qarab toʻlovlar undirilishini taʼminlash, shartnoma asosida oldindan patta yigʻim va xizmatlar uchun toʻlovlarni undirishni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
5. Viloyat moliya boshqarmasi (M. Xadjimatov), Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish viloyat boʻlimi (A. Yusupov) hamda Viloyat bozorlari aksiyadorlik jamiyatlari uyushmasi boshqaruvi (A. Yuldashev) birgalikda bir martalik patta yigʻimlari, ijara hamda pullik xizmat toʻlovlarining yangi miqdorlaridan kelib chiqqan holda, viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslariga oylik va choraklik tushum rejalarini belgilash, ularni bajarilishi hamda belgilangan tartibda 50 foizini mahalliy budjetga yoʻnaltirilishini qatʼiy nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.
6. Viloyat hokimligining “Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik patta yigʻimlari, koʻrsatiladigan xizmatlar hamda bino, inshoot va yer maydonlaridan undiriladigan toʻlovlar belgilash toʻgʻrisida” 2011-yil 22-fevraldagi 57-sonli hamda “Namangan shahridagi “Yashil dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik patta yigʻimlari koʻrsatiladigan xizmatlar hamda bino, inshoot va yer maydonlaridan undiriladigan toʻlovlar miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida” 2011-yil 24-maydagi 146-sonli qarorlari mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qaror Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin hamda “Namangan haqiqati” va “Namanganskaya pravda” gazetalarida rasman eʼlon qilinsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosarlari B. Mamadalliyev va Sh. Shukurov zimmalariga yuklansin.
Hokim B. YUSUPOV
Namangan sh.,
2012-yil 31-mart,
131-son
Viloyat hokimining 2012-yil 31-martdagi 131-sonli qaroriga 1-ILOVA
Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar
miqdorlari
Izoh:
1. Qishloq xoʻjalik mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda bir oʻrin oʻlchami 1-1,2 p metr deb belgilanadi va ortiqcha har bir oʻrin uchun toʻla miqdorda joy haqi undiriladi.
2. Poliz, gul, koʻchatlar, tara va oʻrov, hunarmandchilik mahsulotlari bilan savdo qilinganda bir oʻrin 6 kv. metr deb belgilanadi. Ortiqcha joy uchun toʻla miqdorda toʻlov undiriladi.
3. 8 kg gacha (togʻora, paqir va hokazo) oʻzlari yetishtirgan kartoshka, sabzavot, hoʻl mevalar va boshqa tez buziladigan q/h mahsulotlarini keltirib sotish orqali tirikchilik oʻtkazayotgan, nafaqadagi, nogiron va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bir martalik patta toʻlovlaridan ozod etiladi.
4. Oʻzlari yetishgan q/h mahsulotlarini shaxsiy avtomobillarini va uy hayvonlarini sotuvga keltirgan Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolar 1-martalik patta toʻlovlarini undirishda 50 foiziga imtiyoz beriladi.
5. Taʼriflar roʻyxatida boʻlmagan mahsulotlar egasidan ularning bir qopi yoki idishi uchun mahsulotning 1 kg narxi miqdorida patta undiriladi.
6. Avtomobil bozori tashkil etiladigan kundan bir kun oldin bozor hududiga sotish uchun keltirilgan transport vositalaridan avtomobil bozorining amaldagi ish kuni mobaynida patta toʻlovlari undiriladi.
7. Tadbirkorlik subyektlari amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan imtiyozlarni inobatga olgan holda hisob-kitob amalga oshiriladi.
Viloyat hokimining 2012-yil 31-martdagi 131-sonli qaroriga 2-ILOVA
Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undirib olinadigan toʻlovlar
miqdorlari
Izoh:
stoyanka xizmati toʻlovlari bozorlar va savdo komplekslarida har bir kirish uchun undiriladi agar kirish-chiqish vaqtini hisoblaydigan elektron hisoblagich oʻrnatilgan taqdirda hisoblangan summa undiriladi.
Viloyat hokimining 2012-yil 31-martdagi 131-sonli qaroriga 3-ILOVA
Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan ijara toʻlovi
miqdorlari
Izoh:
1. Qishloq xoʻjalik mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo oʻrni) oʻlchami 1-1,2 pogon metr deb belgilanadi va shu oʻlchamdan ortiq oʻrin uchun qoʻshimcha ravishda har bir savdo oʻrni uchun belgilangan toʻlov miqdorida joy haqi undiriladi.
2. Qishloq xoʻjalik mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari aralash xolda yetilganda, toʻlov sotiladigan mahsulot turlari boʻyicha belgilangan yeng yuqori stavka boʻyicha undiriladi.
3. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, turgʻun savdo shoxobchalari oldida tashkil etilgan reklama, yoyma va peshvo savdo joylaridan (1-ilovaning 16-bandida koʻrsatilgan miqdorda) qoʻshimcha ijara yoki patta toʻlovlari undiriladi.
4. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, bozorlar va savdo komplekslari hududidagi faoliyat koʻrsatmayotgan turgʻun savdo shoxobchalari va inshootlarning egalaridan ushbu obyekt egallagan yer maydoni uchun amaldagi yer soligʻining 3 barobari miqdorida oylik toʻlov undiriladi.
5. Yuqoridagi 2.1-bandda koʻrsatilgan oziq-ovqat, nooziq-ovqat va umumiy ovqatlanish obyektlarining umumiy egallagan maydoni 100 kv. metrdan ortiq boʻlsa, unda faqat foydalanishda boʻlgan savdo maydoni boʻyicha hisob-kitob amalga oshiriladi.
