Namangan viloyati hokimligining reklama-axborot faoliyati boʻyicha komissiyasi tarkibini hamda namangan viloyati hududida tashqi reklama oʻrnatish uchun tavsiyaviy yigʻimlar tariflarini tasdiqlash, viloyat hokimining 2011 yil 14 dekabrdagi 316-sonli, 2012 yil 18 oktyabrdagi 336-sonli qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (357-son)
15.11.2012
Namangan viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi va “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunlariga asosan hamda “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi Namangan viloyat boʻlimining 2012-yil 31-oktabrdagi 54-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
1. Quyidagilar:
Namangan viloyati hokimligining reklama-axborot faoliyati boʻyicha komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
*1-ilova berilmaydi.
Namangan viloyati tashqi reklama oʻrnatish uchun oylik tavsiyaviy yigʻimlar tariflari 2-ilovaga muvofiq;
Namangan viloyati hokimligining Reklama-axborot faoliyati boʻyicha komissiyasi huzurida ijtimoiy reklamani muvofiqlashtirish va takomillashtirish boʻyicha ekspert guruhi tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*3-ilova berilmaydi.
2. Viloyat hokimining 2011-yil 14-dekabrdagi 316-sonli qarori nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Namangan viloyati hududida tashqi reklamani joylashtirish tartibi hamda “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining Namangan viloyat boʻlimi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”.
Shuningdek, Viloyat hokimining 2011-yil 14-dekabrdagi 316-sonli qarorining kirish qismidagi “va transport vositalarida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Viloyat hokimining 2011-yil 14-dekabrdagi 316-sonli qarorining 1-bandi ikkinchi va beshinchi xatboshilari, shuningdek, viloyat hokimining 2012-yil 18-oktabrdagi 336-sonli qarorining 2-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi tasdigʻiga kiritilsin hamda “Namangan haqiqati” va “Namanganskaya pravda” gazetalarida rasman eʼlon qilinsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari X. Jalolov va viloyat hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha yordamchisi T. Dedaxanov zimmalariga yuklansin.
Hokim B. YUSUPOV
Namangan sh.,
2012-yil 15-noyabr,
357-son
Viloyat hokimining 2012-yil 15-noyabrdagi 357-sonli qaroriga 2-ILOVA
Namangan viloyati hududida tashqi reklamani oʻrnatish uchun oylik tavsiyaviy yigʻimlar
TARIFI
Viloyat hududida reklama mahsulotlarini pasportlash va joylashtirish uchun kerakli boʻlgan ruxsatnomalarni rasmiylashtirish uchun olinadigan toʻlovlar:
pasport va ruxsatnoma uchun — 15.0 AQSh dollari.
Eslatma: viloyatning tuman markazlarida joylashtirilgan tashqi reklama uchun toʻlovlar mazkur tarifning 50.0 foizi miqdorida, viloyat hududidagi mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar reklamasi toʻlovlarsiz amalga oshiriladi (bilbord, panno va metallokonstruksiyalar ijarasi hamda pasport va ruxsatnomalar uchun toʻlovlar bundan mustasno).
Taʼrif toʻlovlari AQSh dollarining soʻmga nisbatan OʻzR Markaziy banki tomonidan belgilangan kursi asosida shartnoma tuzilgan kunga nisbatan amalga oshiriladi.
