Namangan shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar tashish haqi tarifini belgilash toʻgʻrisida (248-son)
29.09.2011
Namangan viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasiga asosan hamda Namangan shahar hokimining 2011-yil 17-avgustdagi 02/20-1747-sonli xatini koʻrib chiqib qaror qilaman:
1. Namangan shahrida 2011-yil 1-oktabrdan yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilarni bir marotaba tashish haqi tarifi 400 soʻm miqdorda belgilansin.
2. Viloyat teleradiokompaniyasi (M. Maqsudov), “Namangan haqiqati” (M. Parpiyev), “Namanganskaya pravda” (V. Bichurin) gazetalari tahririyatlari ushbu qarorni ommaviy axborot vositalarida rasman eʼlon qilsinlar.
3. Viloyat hokimining 2010-yil 5-iyundagi 146-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qaror xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari B. Mamadalliyev zimmasiga yuklansin.
Hokim B. YuSUPOV
Namangan sh.,
2011-yil 29-sentabr,
248-son
