Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali magistral gaz oʻtkazish quvurlarida olib oʻtilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi haqidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1609-1-son)
06.03.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 6-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1609-1]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 328-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 370-son “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 9-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2006-yil 6-iyuldagi 01-02/12-12-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali magistral gaz oʻtkazish quvurlarida olib oʻtilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi haqidagi nizomga (roʻyxat raqami 1609, 2006-yil 10-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 327-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 7-fevral,
01-02/12-15-son
