Xoʻjaobod tumanida 2013-yilning birinchi yarim yilligida aholini ish bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida (869-k-son)
30.12.2012
Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani hokimining
Qarori
Tumanda aholining ish bilan bandlik darajasini yaxshilash ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Aholini ish bilan taʼminlash yuzasidan 2013-yilning 1-yarmiga belgilangan dastur 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9-ilovalarga asosan tasdiqlansin.
2. Tuman hokimining oʻrinbosari v.b (I. Teshaboyev)ga tumandagi korxona, muassasa va tashkilotlarning rahbarlari bilan, ishlab chiqarish quvvatlaridan unumli foydalanish, qayta qurish, kengaytirish va qoʻshma korxonalar tashkil etish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish hisobiga yangi ish joylarini yaratish vazifasi topshirilsin.
3. Tumandagi barcha qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarining raislari, bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazi bilan oʻz hududlaridagi aholini ish bilan bandlik darajasini muttasil yaxshilashga erishishning aniq chora-tadbirlarini belgilab, amalga oshirsinlar, hududdagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yangi ish joylari yaratishda faol koʻmaklashsinlar va qatʼiy nazoratga olsinlar.
4. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish inspeksiyasi (M. Bakirov), tuman fermyerlar Kengashi raisi (A. Temirov), bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazi (U. Raxmonov) tumandagi oʻrta va kichik biznes subyektlarini va xususiy tadbirkorlik, ayniqsa yakka tartibda tadbirkorlik harakatini kengaytirish, qoʻllab-quvvatlash, fermer va dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirish hisobiga aholini doimiy ish bilan band etishga erishsinlar.
5. Tijorat banklari (R. Yahyoyev, A. Yuldashev, X. Abdullayev, P. Turkboyev, A. Mamaraimov)ga kredit mablagʻlarini kichik va oʻrta biznes subyektlari, dehqon fermer xoʻjaliklari ayniqsa, oilaviy biznesni rivojlantirishga xususan yangi ish joylari barpo etishga yoʻnaltirish va kredit samaradorligini oshirish choralarini koʻrsinlar.
6. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazi (U. Raxmonov)ga dasturda belgilangan tadbirlarni muddatida bajarilishini nazorat qilish ijrosi haqida 2013-yil 15-iyulda tuman hokimligiga yozma axborot taqdim etish topshirilsin.
7. Tuman “Haqiqat” roʻznomasi (T. Shermatov)ga gazetada mazkur qarorni eʼlon qilish tavsiya etilsin.
8. Ushbu qaror tasdigʻi Xalq deputatlari Xoʻjaobod tuman kengashidan soʻralsin.
9. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 6-yanvardagi 16-q sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari v.v.b I. Teshaboyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim E. Yakubov
Xoʻjaobod t.,
2012-yil 30-dekabr,
869-k-son
Tuman hokimining 2012-yil 30-dekabrdagi 869-k-sonli qaroriga 1-ILOVA
Xoʻjaobod tumani mehnat bozori boʻyicha 2013-yil 1-yarmi uchun tahlil va taxmin
MAʼLUMOTLAR
Tuman hokimining 2012-yil 30-dekabrdagi 869-k-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tuman hokimining 2012-yil 30-dekabrdagi 869-k-sonli qaroriga 3-ILOVA
Tuman hokimining 2012-yil 30-dekabrdagi 869-k-sonli qaroriga 4-ILOVA
Tuman hokimining 2012-yil 30-dekabrdagi 869-k-sonli qaroriga 5-ILOVA
Tuman hokimining 2012-yil 30-dekabrdagi 869-k-sonli qaroriga 6-ILOVA
Tuman hokimining 2012-yil 30-dekabrdagi 869-k-sonli qaroriga 7-ILOVA
ISh BILAN BAND BOʻLMAGAN, ISh QIDIRUVChILAR UChUN YaRATILGAN YaNGI ISh JOYLARINING HISOB-KITOBI
MAʼLUMOTLAR
Tuman hokimining 2012-yil 30-dekabrdagi 869-k-sonli qaroriga 8-ILOVA
DASTURNING MOLIYAVIY TAʼMINOTI
MAʼLUMOTLARI
Tuman hokimining 2012-yil 30-dekabrdagi 869-k-sonli qaroriga 9-ILOVA
XOʻJAOBOD TUMANI BOʻYIChA 2013 YIL 1-YaRIM YILLIGIDA YaRATILADIGAN YaNGI ISh JOYLARI
DASTURI
