Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari xodimlarini, ularning pirovard moliyaviy natijalardagi mehnat ulushiga qarab, mehnat jamoasiga toʻlanadigan dividendlar hisobidan har yili moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (2433-son)
28.02.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2433]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-noyabrdagi PQ-1652-son “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, 11-son, 341-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-martdagi 91-son “Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 14-son, 152-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari xodimlarini, ularning pirovard moliyaviy natijalardagi mehnat ulushiga qarab, mehnat jamoasiga toʻlanadigan dividendlar hisobidan har yili moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 30-yanvar,
3-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2013-yil 30-yanvar,
8-q/q-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 30-yanvar,
9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2012-yil 30-yanvardagi 3, 8-q/q va 9-son qaroriga ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari xodimlarini, ularning pirovard moliyaviy natijalardagi mehnat ulushiga qarab, mehnat jamoasiga toʻlanadigan dividendlar hisobidan har yili moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-noyabrdagi PQ-1652-son “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, 11-son, 341-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-martdagi 91-son “Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 14-son, 152-modda) muvofiq aksiyadorlik jamiyatiga (bundan buyon matnda Jamiyat deb yuritiladi) aylantirilayotgan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari xodimlarini, aksiyalarning 49% boʻyicha toʻlanadigan dividendlar hisobidan, ularning pirovard moliyaviy natijalardagi mehnat ulushiga qarab, har yili moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Aksiyalarning 49% (mehnat jamoasiga ulushni tasarruf qilish va taqsimlash huquqisiz foydalanish uchun berilgan) ulushi boʻyicha toʻlanadigan dividendlar (bundan buyon matnda Dividend deb yuritiladi) Jamiyat faoliyatining pirovard moliyaviy natijalarida xodimlarning mehnat ishtiroki koeffitsiyentiga qarab ularni (shu jumladan, rahbarlar tarkibi uchun 10 foizgacha) moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
2. Jamiyat kuzatuv kengashi Dividendlardan maqsadli foydalanilishi ustidan monitoring amalga oshiradi.
II. Xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tartibi
3. Xodimlarni, ularning Jamiyat faoliyatining pirovard moliyaviy natijalardagi mehnat ulushiga qarab, Dividendlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan yillik Dividendlar toʻlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan (eʼlon qilingan) taqdirda amalga oshiriladi.
4. Xodimlarni, Dividendlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha hisob-kitob Jamiyat ijroiya organi tomonidan tayyorlanadi va Jamiyat kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
5. Jamiyat kuzatuv kengashi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish hisob-kitoblariga oʻzgartirish va tuzatishlar kiritish huquqiga ega.
6. Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi tomonidan Dividendlar toʻlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan (eʼlon qilingan) sanadan boshlab 60 kun muddat ichida xodimlarga moddiy ragʻbatlantirish toʻlanadi.
7. Xodimlarni Dividendlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish hisob-kitobi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Dividendlarning umumiy qiymatining 10 foizgacha miqdori rahbarlar tarkibini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi;
Dividendlarning qolgan summasi mehnat jamoasini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
8. Har bir xodimning yillik moliyaviy natijalardagi mehnat ulushini aniqlash va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha hisob-kitoblarni tayyorlash uchun Jamiyatning ijroiya organi tomonidan har bir xodimning yillik moliyaviy natijalardagi mehnat ulushini aniqlash boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi.
9. Komissiya quyidagi funksiyalarni bajaradi:
mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan xodimlarning faoliyatini baholash namunaviy mezonlariga muvofiq xodimlarning davolash jarayoniga qoʻshgan shaxsiy ulushlarini aniqlaydi;
mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan xodimlarning faoliyatini baholash namunaviy mezonlariga muvofiq davolash jarayonida ishtirok etmaydigan xodimlarning yillik moliyaviy natijalarga qoʻshgan shaxsiy ulushlarini aniqlaydi;
xodimlar mehnat ulushini aniqlashda asoslilik va xolislikni, oshkoralik va shaffoflikni taʼminlaydi;
Dividendlar hisobidan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish hisob-kitoblarini tayyorlaydi;
moddiy ragʻbatlantirish miqdorini xolisona belgilash uchun har bir xodim faoliyati natijalari monitoringini tashkil etadi va oʻtkazadi, tibbiyot xodimlarini davolash jarayoniga qoʻshgan shaxsiy ulushi, mehnatga va koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatiga vijdonan yondashganligini baholaydi.
10. Komissiyaning shaxsiy tarkibi Jamiyat kuzatuv kengashi bilan kelishilgandan keyin Jamiyat ijroiya organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi va quyidagilardan shakllanadi:
ijroiya organ (direktor) — Komissiya raisi;
direktorning davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari — Komissiya kotibi;
kasaba uyushmasi raisi — Komissiya aʼzosi;
bosh tibbiyot hamshirasi — Komissiya aʼzosi;
jamoada hurmat va obroʻga ega boʻlgan uch nafardan kam boʻlmagan xodimlar — Komissiya aʼzolari.
11. Quyidagi xodimlarga moddiy ragʻbatlantirish berilmaydi:
yil yakuni boʻyicha Dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kalendar yili tugagan vaqtda ish staji 1 yildan kam boʻlgan;
yil yakuni boʻyicha Dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kalendar yili davomida qoʻllanilgan va/yoki muddati amal qilayotgan intizomiy javobgarlikka tortilgan.
12. Dividendlar hisobidan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish hisob-kitobining namunaviy uslubi mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan.
III. Yakuniy qoidalar
13. Jamiyat tomonidan Moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan Dividendlar boʻyicha alohida hisob yuritiladi.
14. Dividendlardan maqsadli foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari xodimlarini, ularning pirovard moliyaviy natijalardagi mehnat ulushiga qarab, mehnat jamoasiga toʻlanadigan dividendlar hisobidan har yili moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1 ILOVA
Dividendlar hisobidan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish hisob-kitobining namunaviy uslubi
Mazkur namunaviy uslubda qoʻllanilgan mezon, chegara, cheklov va koeffitsiyentlar namunaviy hisoblanib tavsiyaviy xarakterga ega. Komissiya Jamiyat kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishda oʻzining mezon, chegara, cheklov va koeffitsiyentlarini oʻrnatish huquqiga ega.
Xodimlarni Dividendlar hisobidan bir marotaba beriladigan moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha hisob-kitoblar moddiy ragʻbatlantirish olishga haqli boʻlgan xodimlarni quyidagi tartibda guruhlashtirish orqali amalga oshiriladi:
I guruh: Rahbarlar tarkibi
II guruh: Shifokor xodimlar
III guruh: Oʻrta tibbiyot xodimlari
IV guruh: Kichik tibbiyot xodimlari
V guruh: Xoʻjalik xodimlari (muhandis, tibbiyot uskunalariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha texnik-xodimlar va boshqa xodimlar).
Dividendlar hisobidan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha hisob-kitoblar Komissiya tomonidan bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda, xodimlarning har bir guruhi uchun moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasini aniqlash boʻyicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Xodimlarning har bir guruhi boʻyicha moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasini aniqlash uchun birinchi navbatda xodimlarning har bir guruh aʼzolarining oʻrtacha oylik ish haqi summasining mehnat jamoasi barcha aʼzolarining oʻrtacha oylik ish haqi summasiga nisbatan solishtirma miqdori (foizda) aniqlanadi.
Xodimlar guruhining har birini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasi: har bir guruh aʼzolarining oʻrtacha oylik ish haqi summasining mehnat jamoasining barcha aʼzolarini oʻrtacha oylik ish haqi summasidagi solishtirma miqdorining (foizda) xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlar summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Xodimlar guruhining har birini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasini aniqlash boʻyicha hisob-kitoblar tartibi va ketma-ketligi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ikkinchi bosqichda, har bir guruhning har bir aʼzosi uchun moddiy ragʻbatlantirish summasini aniqlash boʻyicha hisob-kitoblar Markaz xodimlari faoliyatini baholash natijasida toʻplagan ballaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Har bir moliyaviy yil uchun xodimlarning har bir guruhi faoliyatini baholash mezonlari (bundan buyon – “Baholash mezonlari” deb ataladi) yil yakunlari boʻyicha xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha hisob-kitob qilinadigan joriy yilning birinchi oyi ichida Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Jamiyatning har bir xodimi Baholash mezonlari bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.
Guruhning har bir xodimi faoliyatini baholash natijalarida ularning toʻplagan ballari boʻyicha xodimlar guruhlarga boʻlinadi. Bunda, yigʻilgan ballar miqdorining oʻsishiga qarab har bir xodim uchun moddiy ragʻbatlantirish summasi ham ortib boradi.
Natijada quyidagi formulaga ega boʻlamiz:
Sn = K1*C + K2*1,1C + K3*1,3C + K4*1,6C + K5*2,0C
Yuqoridagi formuladan Sn (aniq bir xodimlar guruhini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasi) va K1-K5 (mos ballar miqdorini toʻplagan xodimlar guruhidagi xodimlar soni) miqdoriy koʻrsatgichlari maʼlum boʻlgan holda S – toʻplagan ballari 40 ballgacha boʻlgan xodimning moddiy ragʻbatlantirish summasi hisoblanadi. Hisoblab topilgan S miqdorini 1,1 ga koʻpaytirish orqali toʻplagan ballari 40 dan 55 ballgacha boʻlgan xodim uchun moddiy ragʻbatlantirish summasi hisoblanadi va hokazo.
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari xodimlarini, ularning pirovard moliyaviy natijalardagi mehnat ulushiga qarab, mehnat jamoasiga toʻlanadigan dividendlar hisobidan har yili moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Xodimlarning faoliyatini baholash namunaviy mezonlari
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 9-son, 122-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)
