Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2013-yilga moʻljallangan ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (434-son)
31.10.2012
Toshkent shahar Shayxontohur tumani Hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga, Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Toshkent shahar Shayxontoxur tumanidagi tashkilotlarda xodimlarning oʻrtacha sonidan kelib chiqqan holda, ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2012-yilga moʻljallangan ish oʻrinlarini band qilish roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
2. Ish oʻrinlarini band qiluvchi tashkilotlar rahbarlari:
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ilovada koʻrsatilgan ish oʻrinlarini tashkil etish taʼminlansin.
ilovadagi shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishi hamda sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiqlashtirish amalga oshirilsin.
band qilingan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmida ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishi va tayyor boʻlishi taʼminlansin va bu toʻgʻrida Shayxontoxur tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga 2012-yil 20-dekabrgacha axborot berilsin.
ilovada qayd etilgan toifaga mansub shaxslarga, Bandlikka koʻmaklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining yoʻllanmasi boʻyicha band qilib qoʻyilgan ish oʻrniga ishga joylashtirish rad etilgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilsin.
3. Bandlikka koʻmaklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (N.N.Odilov);
tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorni toʻliq bajarishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin.
qaror talablari bajarilmagan taqdirda, tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jarimalar solinsin.
4. Toshkent shahar Shayxontoxur tumani hokimining 2011-yil 13-sentabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun moʻljallangan ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi 377-son qarori 2012-yil 31-dekabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin,
5. Ushbu qaror 2013-yil 1-yanvardan kuchga kiradi,
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar Shayxontoxur tumani hokimining oʻrinbosari K. Zaxidov zimmasiga yuklatilsin.
Xokim A. DJUMABAYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 31-oktabr,
434-son
Toshkent shahar Shayxontoxur tumani hokimining 2012-yil 31-oktabrdagi 434-son qaroriga ILOVA
Toshkent shahar Shayxontoxur tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2013-yilga moʻljallangan ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish
roʻyxati
