Maxsus yuklar tasnifini tasdiqlash toʻgʻrisida (2429-son)
20.02.2013
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYALAR VA SAVDO VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 20-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2429]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-sentabrdagi PQ-1816 sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlarni davom ettirish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 38-son, 434-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 3-4-son, 34-modda) 8-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda tranzit olib oʻtiladigan xavfli yuklarning roʻyxati va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda tranzit qilinadigan qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulk roʻyxati 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 23-oktabrdagi EG-01/10-6804 va 01-02/12-56-sonli “Maxsus yuklar tasnifini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1873, 2008-yil 2-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 482-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 7-fevral,
2-son
Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi; Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 7-fevral,
01-02/12-14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 7-fevral 2, 01-02/12-14-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda tranzit olib oʻtiladigan xavfli yuklarning
ROʻYXATI
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 11-iyuldagi 20, 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2429-1, 24.07.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 377-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 7-fevral 2, 01-02/12-14-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda tranzit boʻyicha olib oʻtiladigan qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulk
ROʻYXATI
Izoh: transport vositalarini asossiz toʻxtatilishini oldini olish maqsadida, ushbu roʻyxatlarni qoʻllaganda transportda tashish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumot (tovarning kodi va nomi) ushbu roʻyxatlarda koʻrsatib oʻtilgan tovarning kodi va nomiga qatʼiy toʻgʻri kelishi shart.
