Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, boshoqli don ekinlari hosildorligini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligining irrigatsiya-drenaj tizimlarini tiklash loyihalarini amalga oshirish uchun jalb etilgan xalqaro moliya institutlarining kreditlarini oʻz vaqtida qaytarishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida (42-son)
14.02.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankining jalb etilgan kreditlari boʻyicha majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash, shuningdek loyihalarni amalga oshirishga jalb etilgan fermer xoʻjaliklarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2001 — 2004-yillar davrida Hukumat qarorlari asosida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, boshoqli don ekinlari hosildorligini oshirish, suv xoʻjaligi infratuzilmasini takomillashtirish, irrigatsiya tizimlari ishlashi samaradorligini oshirish boʻyicha loyihalar amalga oshirilganligi;
2008 — 2012-yillar davrida Suv isteʼmolchilari uyushmalari – loyihalar (komponentlar) ishtirokchilari yuzasidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankining qayta moliyalashtirilgan kreditlari boʻyicha tashqi qarzni qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda asosan Moliya vazirligining maxsus valyuta depozitlari mablagʻlari va davlatning tashqi qarzini qaytarish uchun tasdiqlangan budjet mablagʻlarini tejash hisobiga amalga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy oʻzgartirish agentligining 1-ilovaga muvofiq loyihalar boʻyicha tegishli komponentlar boʻyicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankining jalb etilgan kreditlari boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va vositachilik haqi toʻlash manbai etib Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlarini belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2013-yilda ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan komponentlar yuzasidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankining kreditlari boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va vositachilik haqi toʻlashga davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida respublika budjetidan mablagʻlar ajratsin;
2014-yildan boshlab kelgusi yilga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetida ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan komponentlar yuzasidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankining kreditlari boʻyicha asosiy qarzni qaytarishga, foizlar va vositachilik haqi toʻlashga mablagʻlarni nazarda tutsin.
4. Sirdaryo viloyati hokimligi (Ashurmatov) Osiyo taraqqiyot bankining qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisida 2002-yil 20-martdagi Bitimga muvofiq “Infratuzilmani rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida tarkibiy qayta tuzilgan xoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash” loyihasining “Mashina-traktor xizmatlari koʻrsatish” komponenti boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va vositachilik haqi toʻlash boʻyicha majburiyatlar “Oqoltin MTP” unitar korxonasi tomonidan oʻz vaqtida va soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 14-fevral,
42-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-fevraldagi 42-son qaroriga 1-ILOVA
Respublika davlat budjeti mablagʻlari toʻlov manbalari etib belgilanadigan XTTB va OTB kreditlari komponentlari
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-fevraldagi 42-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi oʻzgartirilgan xoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 27-noyabrdagi 462-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mashina-traktor xizmatlari koʻrsatish” komponenti boʻyicha qarzni va qoʻshilgan foizlarni toʻlash Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi huzuridagi muqobil mashina-traktor parki mablagʻlari hisobiga, mablagʻlar yetmaganda – Sirdaryo viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha daromadlari hisobiga, qolgan komponentlar boʻyicha esa – respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 15-fevraldagi 52-son qaroriga 3-ilovaning 1-satri quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Amu-Zang mashina kanali tizimini tiklash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 22-oktabrdagi 494-son qaroriga 2-ilovaning 4-satri quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 7-son, 89-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
