“Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish va deklaratsiyalashni huquqiy tartibga solish toʻgʻrisida”gi Davlat bojxona qoʻmitasi buyrugʻiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (3-5-son)
14.02.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 14-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y.,29-son, 328-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 1993-yil 23-dekabrdagi 162-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish va deklaratsiyalashni huquqiy tartibga solish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3, 1993-yil 14-oktabr), ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 22-yanvar,
01-02/20-6-son
