Davlat kasbiy taʼlim tashkilotlarini oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun sarflanadigan materiallar hamda zarur xom ashyo bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (2427-son)
14.02.2013
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 14-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2427]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 28-maydagi PQ-1761-sonli “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini shunday kadrlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 22-son, 241-modda) 9-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi qaror qiladilar:
1. Davlat kasbiy taʼlim tashkilotlarini oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun sarflanadigan materiallar hamda zarur xom ashyo bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2013-yil 29-yanvar,
19-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 29-yanvar,
12-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2013-yil 29-yanvar,
02/QQ-2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2013-yil 29-yanvardagi 19, 12 va 02/QQ-2-sonli qaroriga ILOVA
Davlat kasbiy taʼlim tashkilotlarini oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun sarflanadigan materiallar hamda zarur xom ashyo bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom davlat kasbiy taʼlim tashkilotlarini (bundan buyon matnda kasbiy taʼlim tashkilotlari deb yuritiladi) oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun sarflanadigan materiallar hamda zarur xom ashyo bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq Davlat kasbiy taʼlim tashkilotlarini oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun sarflanadigan materiallar hamda zarur xom ashyo bilan taʼminlash meʼyorlari (bundan buyon matnda Meʼyorlar deb yuritiladi) asosida tegishli xom ashyo va materiallar, shu jumladan, yonilgʻi-moylash materiallarini xarid qilish xarajatlari uchun mablagʻlar Davlat budjeti parametrlarida rejalashtiriladi.
2. Tasarrufida kasbiy taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan taʼlim muassasalariga Meʼyorlar asosida tegishli xom ashyo va materiallar ajratilishi mumkin.
II bob. Xom ashyo va materiallarni xarid qilish uchun zarur mablagʻlar boʻyicha talabnoma tayyorlash va xom ashyo va materiallardan oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish jarayonida foydalanish
3. Kasbiy taʼlim tashkilotlari tomonidan Meʼyorlar asosida zaruriy xomashyo va materiallar, shu jumladan, yonilgʻi-moylash materiallarini xarid qilish uchun har yili 1-iyunga qadar kelgusi moliya yili uchun talabnoma ishlab chiqiladi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalariga (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) taqdim etiladi. Bunda har bir kasbdagi oʻquvchilar kontingenti, mavjud moddiy-texnik baza (sharoitlar) hamda oʻtgan moliya yilida ishlatilmay qolgan xomashyo va materiallar hisobga olinadi.
4. Zaruriy xomashyo va materiallar, shu jumladan, yonilgʻi-moylash materiallarini xarid qilish uchun talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha talabnomalar hududiy boshqarmalar tomonidan umumlashtiriladi va har yili 15-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) taqdim etiladi. Agentlik tomonidan hududiy boshqarmalar talabnomalari umumlashtirilib, joriy yilning 1-iyulidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.
5. Agentlik tomonidan taqdim etilgan zaruriy xom ashyo va materiallar, shu jumladan, yonilgʻi-moylash materiallarini xarid qilish uchun talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha umumlashtirilgan talabnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan oʻrganib chiqilib, mazkur tadbirlarga kelgusi moliya yili uchun mablagʻlar Davlat budjeti parametrlarida rejalashtiriladi hamda mahalliy budjetlarga taqsimlanadi.
6. Tegishli kasbiy taʼlim tashkilotlarining xarajatlar smetasiga mablagʻlar hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan tasdiqlangan budjet parametrlarida rejalashtirilgan mablagʻlar doirasida tasdiqlangan holda hududiy boshqarmalar tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida rejalashtiriladi.
7. Kasbiy taʼlim tashkilotlari tomonidan zaruriy xom ashyo va materiallar, shu jumladan, yonilgʻi-moylash materiallarini xarid qilish uchun joriy yil xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida sotib olinadi.
8. Xom ashyo va materiallarni qabul qilish va tarqatish, ularni oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirish hamda xom ashyo va materiallarning saqlanishi uchun masʼul shaxslar roʻyxati kasbiy taʼlim tashkiloti direktori tomonidan tasdiqlanadi.
9. Oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazishda xom ashyo va materiallar, shu jumladan, yonilgʻi-moylash materiallaridan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
oʻquv-amaliy mashgʻulotlari (bir kunlik yoki haftalik oʻquv-amaliy mashgʻulotlar) boshlanishidan kamida bir kun oldin zarur xom ashyo va materiallarni olish uchun ishlab chiqarish taʼlimi ustasi tomonidan Meʼyorlar asosida mavzu rejasiga va oʻquvchilar soniga mos ravishda buyurtma tayyorlanadi va buyurtma kasbiy taʼlim tashkiloti direktori tomonidan tasdiqlanadi;
xom ashyo va materiallar tasdiqlangan buyurtma boʻyicha rasmiylashtirilgan yuk-xatiga asosan beriladi;
olingan xom ashyo va materiallar “Oʻquv-amaliy mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun ishlatilgan materiallarni hisobga olish kitobi”ga qayd etiladi;
oʻquv-amaliy mashgʻulotlar boshlanishidan oldin ishlab chiqarish taʼlimi ustasi tomonidan xarajatlar qaydnomasiga har bir oʻquvchiga imzo qoʻydirgan holda xom ashyo va materiallar tarqatiladi;
ishlab chiqarish taʼlimi ustasi tomonidan oʻquv-amaliy mashgʻulot yakunida xom ashyo va materiallarning haqiqiy sarfi boʻyicha dalolatnoma tayyorlanadi;
chiqindilar hamda oʻquv-amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etmagan oʻquvchilar hisobiga ortib qolgan xom ashyo va materiallar kunlik yoki haftalik mashgʻulotdan soʻng dalolatnoma asosida omborxonaga qaytariladi;
oʻquvchilar tomonidan oʻquv-amaliy mashgʻulotlar vaqtida tayyorlangan va bozor talablariga javob beradigan mahsulotlarni sotishdan tushgan mablagʻlar kasbiy taʼlim tashkilotining gʻaznachilik boʻlimlarida ochilgan budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarma hisobvaragʻiga kirim qilinadi.
10. Tez buziladigan mahsulotlardan foydalanib oʻtkaziladigan oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni (“Oshpazlik” va boshqa kasblar boʻyicha) tashkil etishda mahsulotlarning mavsumiyligini inobatga olgan holda kasbiy taʼlim tashkilotining Ilmiy pedagogik kengashi qaroriga asosan oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish davrini oʻzgartirishga ruxsat etiladi.
11. Xom ashyo va materiallarni hisobga olish, saqlash va hisobdan chiqarish jarayonini qatʼiy nazorat qilish uchun kasbiy taʼlim tashkilotida 5 — 7 kishidan iborat tarkibda doimiy asosda faoliyat koʻrsatuvchi Ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb yuritiladi) tashkil etiladi. Ishchi guruh direktor, oʻquv ishlari va kasbiy taʼlim boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, bosh hisobchi, bosh usta, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, kafedra mudirlari va kabinet mudirlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
12. Chiqindilar va oʻquv-amaliy mashgʻulotlar davrida ishlatilgan xom ashyo va materiallarni hisobdan chiqarish uchun Ishchi guruh xulosasi tayyorlanadi.
13. Xom ashyo va materiallarni hisobdan chiqarish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi:
xom ashyo va materiallarning oʻquv-amaliy mashgʻulot davrida amalda ishlatilganligi haqida bosh usta va ishlab chiqarish taʼlimi ustasining bildirgisi;
buxgalteriya hisobotlari;
oʻquv-amaliy mashgʻulotlar jarayonida ishlatilgan xom ashyo va materiallar qoldiqlaridan qayta foydalanib boʻlmasligi toʻgʻrisidagi Ishchi guruh xulosasi.
14. Kasbiy taʼlim tashkiloti direktori tomonidan Ishchi guruh xulosasiga asosan, chiqindilar va ishlatilgan xom ashyo va materiallarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisida buyruq chiqariladi. Hisobdan chiqarilgan chiqindilar hamda xom ashyo va materiallarning metall qismi belgilangan tartibda rangli metallolomi va chiqindilari xarid qilish korxonalariga topshiriladi va ulardan tushgan mablagʻlar kasbiy taʼlim tashkilotining gʻaznachilik boʻlimlarida ochilgan budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarma hisobvaragʻiga kirim qilinadi.
15. Avtomobil, traktor va agregatlar yakka tartibda boshqarish bilan bogʻliq oʻquv-amaliy mashgʻulotlar quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
kasbiy taʼlim tashkilotining Ilmiy pedagogik kengashi qaroriga asosan mavjud transport va texnika vositalarining turi va soni hisobga olingan holda tegishli kasblarning oʻquv reja va dasturiga muvofiq avtomobil, traktor va agregatlarni yakka tartibda boshqarishga ruxsat etilgan variantlaridan biri tanlanadi;
kasbiy taʼlim tashkiloti direktorining kasbiy taʼlim boʻyicha oʻrinbosari tomonidan avtomobil, traktor va agregatlarni yakka tartibda boshqarish uchun “Oʻquv-mashq jadvali” ishlab chiqiladi va direktor tomonidan tasdiqlanadi;
oʻquv-amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilishidan oldin avtomobil, traktor va agregatlar masʼul shaxs tomonidan nazoratdan oʻtkazilib, yoʻl varaqasi rasmiylashtirilgandan soʻng “Oʻquv-mashq jadvali”ga asosan avtomobil, traktor va agregatlarni boshqarishga ruxsat etiladi.
16. Sarflangan yonilgʻi-moylash materiallari boʻyicha hisobotlar tegishli hujjatlar bilan birgalikda (bir oy davomida rasmiylashtirilgan yoʻl varaqalari hamda yonilgʻi-moylash materiallarining sarfi boʻyicha yigʻma qaydnoma) moddiy javobgar shaxs tomonidan har oyning yakunida tegishli kasbiy taʼlim tashkilotining buxgalteriyasiga topshiriladi va belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
17. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida xom ashyo va materiallar, shu jumladan, yonilgʻi-moylash materiallarining hisobini yuritish, ishlatish hamda hisobdan chiqarish Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 502-modda) asosida amalga oshiriladi.
18. Kasbiy taʼlim tashkilotlari tomonidan xom ashyo va materiallarni xarid qilish uchun ishlatilgan mablagʻlar haqidagi, shuningdek oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun maqsadli sarflangan xom ashyo va materiallar toʻgʻrisidagi choraklik hisobot chorak tugagandan soʻng 20 kun ichida hududiy boshqarmalar va tegishli iqtisodiyot va moliya organlariga taqdim etiladi.
19. Mazkur hisobotlar hududiy boshqarmalar tomonidan besh kun ichida oʻrganib chiqilib, umumlashtirilgan holda Agentlikka maʼlumot uchun taqdim etiladi.
20. Tasarrufida kasbiy taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan kasbiy taʼlim tashkilotlariga ajratilgan xom ashyo va materiallarning sarflanishi boʻyicha hisobotlar vazirlik va idoralar belgilagan muddatda taqdim etiladi.
III bob. Yakuniy qoidalar
21. Xom ashyo va materiallar, shuningdek yonilgʻi-moylash materiallarini xarid qilish, hisobini yuritish, tejamli ishlatish va hisobdan chiqarish ishlarini tashkil etish boʻyicha masʼuliyat kasbiy taʼlim tashkiloti direktori, oʻquv, kasbiy taʼlim va xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari hamda bosh hisobchi zimmasiga yuklatiladi.
22. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
23. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.ALIMOV
2012-yil 30-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri T. QOʻZIYEV
2012-yil 30-dekabr
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi A. RAMATOV
2012-yil 30-dekabr
“Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi Sh. FAYZULLAYEV
2012-yil 30-dekabr
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Raisi A. NURIDINOV
2012-yil 30-dekabr
Davlat kasbiy taʼlim tashkilotlarini oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun sarflanadigan materiallar hamda zarur xom ashyo bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Davlat kasbiy taʼlim tashkilotlarini oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun sarflanadigan materiallar hamda zarur xom ashyo bilan taʼminlash meʼyorlari (2011-yilda tasdiqlangan oʻquv-meʼyoriy hujjatlar asosida ishlab chiqildi)
Izoh: Pazandachilik malakalarini takomillashtirish oʻquv amaliyotini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 6 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: Elektr montaj va sozlash ishlari oʻquv amaliyotini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 3 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: Elektr montaj ishlari oʻquv amaliyotini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 3 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: ushbu oʻquv amaliyotlarini oʻtkazishda amaliy ishlar xususiyatidan kelib chiqib, guruh oʻquvchilari 2 yoki 3 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: * ushbu Kasbiy taʼlim tashkilotlaridagi trikotaj mashinalarining turlariga qarab tegishli xom ashyo miqdori belgilanadi.
Izoh: ushbu oʻquv amaliyotini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: Laboratoriya ishlari oʻquv amaliyotini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 3 ta kichik guruhga boʻlinadi. Texnologik jarayonlar oʻquv amaliyotini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: ushbu oʻquv amaliyotlarini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 10 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: Gʻisht va tosh terish ishlari oʻquv amaliyotini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 4 ta kichik guruhga, Beton va armatura ishlari oʻquv amaliyotini oʻtkazishda 3 ta kichik guruhga boʻlinadi.
Izoh: Pardozlash ishlari texnologiyasi va Koshinkorlik, mozaika, marmar yuzalarni qoplash va jilo berish ishlari oʻquv amaliyotlarini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 6 ta kichik guruhga, Quruq usulda qurilish va pardozlash ishlari texnologiyasi oʻquv amaliyotini oʻtkazishda 2 ta kichik guruhga boʻlinadi.
Izoh: Qurilish duradgorligi va Duradgorlik ishlari oʻquv amaliyotlarini oʻtkazishda amaliy ishlar xususiyatidan kelib chiqib, guruh oʻquvchilari 2 yoki 4 ta kichik guruhga boʻlinadi, Pol va parket ishlari oʻquv amaliyotini oʻtkazishda 2 yoki 3 ta kichik guruhga boʻlinadi.
Yoʻnalish kodi va nomi:3580300Shahar qurilishi va xoʻjaligiKasb kodi va nomi:3580303Lift va eskalatorlardan foydalanish va taʼmirlash texnigi№Xom ashyo nomiOʻlchov birligiBir oʻquvchi uchun belgilangan miqdorChilangarlik ishlari oʻquv amaliyoti (60 soat)1.Metall plastina (200x100x1 mm)dona/kg1/0,1562.Metall plastina (200x100x2 mm)dona/kg1/0,3123.Metall plastina (maksimum 100x100x8 mm)dona/kg1/0,6244.Metall quvur (Ø15 mm, L=150 mm)p.m.0,155.Qumqogʻozm20,02Elektrgazpayvandlash ishlari oʻquv amaliyoti (120 soat)1.Metall plastina (200x100x4 mm, poʻlat 3)dona/kg8/5,02.Metall plastina (150x100x3 mm, poʻlat 3)dona/kg8/2,83.Metall plastina (150x100x1 mm, poʻlat 3)dona/kg2/0,244.Metall quvur (Ø56 mm, L=300 mm)p.m.0,35.Poʻlat sim (SV08G2S-Ø 1,2 mm)kg0,2186.Poʻlat sim (SV08G2S-Ø 3 mm)kg2,87.Elektrod (E-42 Ø3 mm)dona/kg14/0,638.Karbid kalsiykg1,8Tokarlik va frezrlash ishlari oʻquv amaliyoti (180 soat)1.Metall plastina (100x100x8 mm)dona/kg1/0,6242.Olti qirrali gʻoʻlacha (S=24 mm, L=220 mm)m/kg0,22/0,8623.Poʻlat gʻoʻlacha (Ø 25 mm, L= 200 mm)m/kg0,2/0,7664.Poʻlat gʻoʻlacha (Ø 30 mm, L= 200 mm)m/kg0,2/1,115.Poʻlat gʻoʻlacha (Ø 40 mm, L= 200 mm)m/kg0,2/1,976.Toʻrtburchak gʻoʻlacha (25x25x232 mm)m/kg0,232/1,14Yoʻnalish kodi va nomi:3580400Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montajiKasb kodi va nomi:3580401Suv, gaz taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini oʻrnatish, taʼmirlash va ishlatish ustasi№Xom ashyo nomiOʻlchov birligiBir oʻquvchi uchun belgilangan miqdorChilangarlik ishlari oʻquv amaliyoti (60 soat)1.Metall plastina (200x100x1 mm)dona/kg1/0,1562.Metall plastina (200x100x2 mm)dona/kg1/0,3123.Metall plastina (maksimum 100x100x8 mm)dona/kg1/0,6244.Metall quvur (Ø15 mm, L=150 mm)p.m.0,155.Qumqogʻozm20,02Elektrgazpayvandlash ishlari oʻquv amaliyoti (60 soat)1.Karbid kalsiykg0,82.Metall quvur (Ø 56, L=300 mm)p.m.0,33.Metall plastina (150x100x1 mm poʻlat 3)dona/kg2/0,2404.Metall plastina (150x100x3 mm poʻlat 3)dona/kg4/1,45.Metall plastina (200x100x4 mm poʻlat 3)dona/kg4/2,56.Poʻlat sim (SV08G2S-Ø 1,2 mm)kg0,1097.Poʻlat sim (SV08G2S-Ø 3 mm)kg1,28.Elektrod (E-42 Ø3 mm)dona/kg6/0,27
Izoh: ushbu oʻquv amaliyotini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: Elektr montaj ishlari oʻquv amaliyotini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 3 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: ushbu oʻquv amaliyotlarini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 5 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: ushbu oʻquv amaliyotlarini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 6 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi
Izoh: * OTAYOʻL rusumli yuk avtomobili uchun.
** MATIZ rusumli yengil avtomobil uchun.
Kasbiy taʼlim tashkilotida mavjud karbyuratorli yoki dizel dvigatelli avtomobillar rusumiga qarab yoqilgʻi moylash materiallari sarfi miqdori oʻzgaradi
Izoh: * Kasbiy taʼlim tashkilotida 1 ta TTZ-80-10 rusumli gʻildirakli traktor boʻlgan holat uchun hisoblandi.
Kasbiy taʼlim tashkilotida mavjud traktorlar soni va rusumiga hamda ularni yakka tartibda boshqarish vaqtiga (tanlangan boshqarish variantiga) qarab yoqilgʻi moylash materiallari sarfi miqdori oʻzgaradi.
Izoh: ushbu meʼyornomada bir oʻquvchi, bir kichik guruh, guruh oʻquvchilari umumiy foydalanadigan hamda oʻquv-amaliyoti xonasiga bir oʻquv yili uchun talab qilinadigan xom ashyolar bilan kasbiy taʼlim tashkilotlari tegishli kasblardagi oʻquvchilar sonini hisobga olgan holda har yili taʼminlanadi, guruhlar umumiy foydalanadigan xom ashyolar bilan bir marta taʼminlanib, ular yaroqsiz holga kelguncha va amaliy mashgʻulot xonasida koʻrgazma uchun foydalanadigan xom ashyolar bilan ham bir marta taʼminlanib, ularni saqlash muddati tugaguncha foydalaniladi.
Davlat kasbiy taʼlim tashkilotlarini oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun sarflanadigan materiallar hamda zarur xom ashyo bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Davlat kasbiy taʼlim tashkilotlarini oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun sarflanadigan materiallar hamda zarur xom ashyo bilan taʼminlash meʼyorlari (2012-yilda tasdiqlangan oʻquv-meʼyoriy hujjatlar asosida ishlab chiqildi)
Izoh: Pazandachilik malakalarini takomillashtirish oʻquv amaliyotini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 6 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: Elektr montaj va sozlash ishlari oʻquv amaliyotini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 3 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: Elektr montaj ishlari oʻquv amaliyotini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 3 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: Elektr montaj ishlari oʻquv amaliyotini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 3 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: ushbu oʻquv amaliyotlarini oʻtkazishda amaliy ishlar xususiyatidan kelib chiqib, guruh oʻquvchilari 2 yoki 3 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: * Kasbiy taʼlim tashkilotlaridagi trikotaj mashinalarining turlariga qarab tegishli xom ashyo miqdori belgilanadi.
Izoh: Gilam toʻqish ishlari oʻquv amaliyotini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 6 ta kichik guruhga boʻlinadi. Abrli gazlama toʻqish ishlari oʻquv amaliyotini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: ushbu oʻquv amaliyotlarini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 5 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: ushbu oʻquv amaliyotini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: Laboratoriya ishlari oʻquv amaliyotini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 3 ta kichik guruhga boʻlinadi. Texnologik jarayonlar oʻquv amaliyotini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: ushbu oʻquv amaliyotlarini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 10 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: Gʻisht va tosh terish ishlari oʻquv amaliyotini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 4 ta kichik guruhga, Beton va armatura ishlari oʻquv amaliyotini oʻtkazishda 3 ta kichik guruhga boʻlinadi.
Izoh: Pardozlash ishlari texnologiyasi va Koshinkorlik, mozaika, marmar yuzalarni qoplash va jilo berish ishlari oʻquv amaliyotlarini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 6 ta kichik guruhga, Quruq usulda qurilish va pardozlash ishlari texnologiyasi oʻquv amaliyotini oʻtkazishda 2 ta kichik guruhga boʻlinadi.
Izoh: Qurilish duradgorligi va Duradgorlik ishlari oʻquv amaliyotlarini oʻtkazishda amaliy ishlar xususiyatidan kelib chiqib, guruh oʻquvchilari 2 yoki 4 ta kichik guruhga, Pol va parket ishlari oʻquv amaliyotini oʻtkazishda 2 yoki 3 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Yoʻnalish kodi va nomi:3580300Shahar qurilishi va xoʻjaligiKasb kodi va nomi:3580303Lift va eskalatorlardan foydalanish va taʼmirlash texnigi№Xom ashyo nomiOʻlchov birligiBir oʻquvchi uchunbelgilangan miqdorElektrchilangarlik ishlari oʻquv amaliyoti (120 soat)1.Metall plastina (200x100x1 mm)dona/kg1/0,1562.Metall plastina (200x100x2 mm)dona/kg1/0,3123.Metall plastina (maksimum 100x100x8 mm)dona/kg1/0,6244.Metall quvur (Ø 15 mm, L=150 mm)p.m.0,155.Metall prut (Ø 8 mm, L=300 mm)m/kg0,3/0,126.Qumqogʻozm20,027.Qalay (POS 40)gr58.Kanifolgr29.Yelim 88gr5Mexanik ishlov berish oʻquv amaliyoti (120 soat)1.Metall plastina (80x50x8 mm)dona/kg1/0,252.Olti qirrali gʻoʻlacha (S=24 mm, L= 80 mm)m/kg0,08/0,3143.Poʻlat gʻoʻlacha (Ø 20 mm, L= 110 mm)m/kg0,11/0,2724.Poʻlat gʻoʻlacha (Ø 40 mm, L= 60 mm)m/kg0,06/0,5925.Toʻrtburchak gʻoʻlacha (25x25x116 mm)m/kg0,116/0,57Elektrgazpayvandlash ishlari oʻquv amaliyoti (120 soat)Elektrpayvandlash ishlari1.Metall plastina (150x100x1 mm, poʻlat 3)dona/kg2/0,2342.Metall plastina (150x100x3 mm, poʻlat 3)dona/kg2/0,7003.Metall plastina (200x100x4 mm, poʻlat 3)dona/kg8/5,04.Poʻlat sim (SV08G2S, Ø 1,2 mm)kg0,2185.Elektrod (E-42 Ø 3 mm)dona/kg14/0,63Gaz payvandlash ishlari1.Metall plastina (150x100x3 mm, poʻlat 3)dona/kg6/2,12.Karbit kalsiy kg1,83.Metall quvur (Ø 56 mm, L=300 mm)p.m.0,34.Poʻlat sim (SV08G2S, Ø 3 mm)kg2,8Yoʻnalish kodi va nomi:3580400Muhandislik kommunikatsiyalariqurilishi va montajiKasb kodi va nomi:3580401Suv, gaz taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini oʻrnatish, taʼmirlash va ishlatish ustasi№Xom ashyo nomiOʻlchov birligiBir oʻquvchi uchunbelgilangan miqdorChilangarlik ishlari oʻquv amaliyoti (120 soat)1.Metall plastina (200x100x1 mm)dona/kg1/0,1562.Metall plastina (200x100x2 mm)dona/kg1/0,3123.Metall plastina (maksimum 100x100x8 mm)dona/kg1/0,6244.Metall quvur (Ø15 mm, L=150 mm)p.m.0,155.Toʻrtburchak gʻoʻlacha (25x25 mm, L=114 mm)m/kg0,114/0,566.Qumqogʻozm20,02Elektrgazpayvandlash ishlari oʻquv amaliyoti (120 soat)Elektrpayvandlash ishlari1.Metall plastina (150x100x1 mm, poʻlat 3)dona/kg2/0,2342.Metall plastina (150x100x3 mm, poʻlat 3)dona/kg2/0,7003.Metall plastina (200x100x4 mm, poʻlat 3)dona/kg8/5,04.Poʻlat sim (SV08G2S, Ø 1,2 mm)kg0,2185.Elektrod (E-42, Ø 3 mm)dona/kg14/0,63Gaz payvandlash ishlari1.Metall plastina (150x100x3 mm, poʻlat 3)dona/kg6/2,12.Karbid kalsiy kg1,83.Metall quvur (Ø 56 mm, L=300 mm)p.m.0,34.Poʻlat sim (SV08G2S, Ø 3 mm)kg2,8Yoʻnalish kodi va nomi:3580400Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji(turlari boʻyicha)Kasb kodi va nomi:3580402Kommunal xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish boʻyicha texnik-texnologi№Xom ashyo nomiOʻlchov birligiBir oʻquvchi uchunbelgilangan miqdorChilangarlik ishlari oʻquv amaliyoti (120 soat)1.Metall plastina (200x100x1 mm)dona/kg1/0,1562.Metall plastina (200x100x2 mm)dona/kg1/0,3123.Metall plastina (maksimum 100x100x8 mm)dona/kg1/0,6244.Metall quvur (Ø15 mm, L=150 mm)p.m.0,155.Toʻrtburchak gʻoʻlacha (25x25 mm, L=114 mm)m/kg0,114/0,566.Qumqogʻozm20,02Elektrgazpayvandlash ishlari oʻquv amaliyoti (120 soat)Elektrpayvandlash ishlari1.Metall plastina (150x100x1 mm, poʻlat 3)dona/kg2/0,2342.Metall plastina (150x100x3 mm, poʻlat 3)dona/kg2/0,7003.Metall plastina (200x100x4 mm, poʻlat 3)dona/kg8/5,04.Poʻlat sim (SV08G2S, Ø 1,2 mm)kg0,2185.Elektrod (E-42 Ø3 mm)dona/kg14/0,63Gaz payvandlash ishlari1.Metall plastina (150x100x3 mm, poʻlat 3)dona/kg6/2,12.Karbid kalsiy kg1,83.Metall quvur (Ø56 mm, L=300 mm)p.m.0,34.Poʻlat sim (SV08G2S, Ø 3 mm)kg2,8Yoʻnalish kodi va nomi:3580400Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji(turlari boʻyicha)Kasb kodi va nomi:3580403Magistral, mahalliy va tarmoq quvurlarini montaj qilish, foydalanish va taʼmirlash mexanigi (sohalar boʻyicha)№Xom ashyo nomiOʻlchov birligiBir oʻquvchi uchunbelgilangan miqdorChilangarlik ishlari oʻquv amaliyoti (120 soat)1.Metall plastina (200x100x1 mm)dona/kg1/0,1562.Metall plastina (200x100x2 mm)dona/kg1/0,3123.Metall plastina (maksimum 100x100x8 mm)dona/kg1/0,6244.Metall quvur (Ø 15 mm, L=150 mm)p.m.0,155.Toʻrtburchak gʻoʻlacha (25x25 mm, L=114 mm)m/kg0,114/0,566.Qumqogʻozm20,02Elektrgazpayvandlash ishlari oʻquv amaliyoti (120 soat)Elektrpayvandlash ishlari1.Metall plastina (150x100x1 mm, poʻlat 3)dona/kg2/0,2342.Metall plastina (150x100x3 mm, poʻlat 3)dona/kg2/0,7003.Metall plastina (200x100x4 mm, poʻlat 3)dona/kg8/5,04.Poʻlat sim (SV08G2S, Ø 1,2 mm)kg0,2185.Elektrod (E-42 Ø 3 mm)dona/kg14/0,63Gaz payvandlash ishlari1.Metall plastina (150x100x3 mm, poʻlat 3)dona/kg6/2,12.Karbid kalsiy kg1,83.Metall quvur (Ø 56 mm, L=300 mm)p.m.0,34.Poʻlat sim (SV08G2S, Ø 3 mm)kg2,8
Izoh: ushbu oʻquv amaliyotining tegishli mashgʻulotlarini oʻtkazishda amaliy ishlar xususiyatidan kelib chiqib, guruh oʻquvchilari 3 yoki 6 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: Ushbu oʻquv amaliyotini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: Elektr montaj ishlari oʻquv amaliyotlarini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 3 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: Elektr montaj ishlari oʻquv amaliyotini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 3 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: Armatura-beton ishlari oʻquv amaliyotini oʻtkazishda amaliy ishlar xususiyatidan kelib chiqib, guruh oʻquvchilari 2 yoki 3 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: Ushbu oʻquv amaliyotlarini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 5 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: ushbu oʻquv amaliyotlarini oʻtkazishda guruh oʻquvchilari 6 ta kichik guruhga boʻlinadi va kichik guruhdagi oʻquvchilar amaliy ishni birgalikda bajaradi.
Izoh: * OTAYOʻL rusumli yuk avtomobili uchun.
** MATIZ rusumli yengil avtomobil uchun.
Kasbiy taʼlim tashkilotida mavjud karbyuratorli yoki dizel dvigatelli avtomobillar rusumiga qarab yoqilgʻi moylash materiallari sarfi miqdori oʻzgaradi.
Izoh: * Kasbiy taʼlim tashkilotida 1ta TTZ-80-10 rusumli gʻildirakli traktor boʻlgan holat uchun hisoblandi.
Kasbiy taʼlim tashkilotida mavjud traktorlar soni va rusumiga hamda ularni yakka tartibda boshqarish vaqtiga (tanlangan boshqarish variantiga) qarab yoqilgʻi moylash materiallari sarfi miqdori oʻzgaradi.
Kasbiy taʼlim tashkilotida mavjud traktorlar soni va rusumiga hamda ularni yakka tartibda boshqarish vaqtiga (tanlangan boshqarish variantiga) qarab yoqilgʻi moylash materiallari sarfi miqdori oʻzgaradi.
Izoh: ushbu meʼyornomada bir oʻquvchi, bir kichik guruh, guruh oʻquvchilari umumiy foydalanadigan hamda oʻquv-amaliyoti xonasiga bir oʻquv yili uchun talab qilinadigan xom ashyolar bilan kasbiy taʼlim tashkilotlari tegishli kasblardagi oʻquvchilar sonini hisobga olgan holda har yili taʼminlanadi, guruhlar umumiy foydalanadigan xom ashyolar bilan bir marta taʼminlanib, ular yaroqsiz holga kelguncha va amaliy mashgʻulot xonasida koʻrgazma uchun foydalanadigan xom ashyolar bilan ham bir marta taʼminlanib, ularni saqlash muddati tugaguncha foydalaniladi.
