Qashqadaryo viloyatida ijara xaqining yagona eng kam miqdorini belgilash toʻgʻrisida (X-371/12-son)
24.12.2012
Qashqadaryo viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklarining 2012-yil 10-dekabrdagi 01/14-48, 14, BYu/03-04-06/182-sonli qoʻshma xatiga asosan viloyatda yagona ijara haqi stavkalarini joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Viloyat hududidagi eng kam ijara haqi stavkalari 1-ilovaga, hududiy zonalar boʻyicha koeffitsiyentlar 2-ilovaga, ijara haqi stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar va ijara haqlarini hisoblash tartibi 3-ilovaga, uzoq qishloq va togʻli hududlarda davlat koʻchmas mulkidan foydalanish tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Viloyatning shahar va tuman hokimliklari, viloyat xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi (M.Sultonov) bilan hamkorlikda har chorakda boʻsh turgan va faoliyat koʻrsatmayotgan bino-inshootlarni aniqlash yuzasidan xatlovdan oʻtkazish, roʻyxatini yuritish hamda tasdiqlangan ijara haqi stavkalari boʻyicha ijaraga berilishini taʼminlasinlar.
3. Viloyat moliya boshqarmasi (B.Mahmadaliyev), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (S.Eshmatov) va viloyat gʻaznachilik boshqarmasi (S.Joʻrayev) ushbu qarorga muvofiq davlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlari tomonidan ijaraga berilgan davlat mulklari ijara shartnomalarini qonuniy tartibda tuzilganligini va ijara haqlarini toʻliq toʻlanganligini vakolat doiralarida nazoratga olsinlar.
4. Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi (T.Saidov), viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R.Yuldoshev) va viloyat oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi (Z.Qobilov) ga har chorak yakunida tizimlaridagi tashkilot va muassasalar boʻyicha foydalanilmayotgan boʻsh turgan bino inshootlar (xonalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni viloyat davlat mulkini ijaraga berish markaziga taqdim etish topshirilsin.
5. Viloyat hokimining 2011-yil 21-dekabrdagi X-417/12-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari Gʻ. Jovliyev zimmasiga yuklansin.
Viloyat hokimi T.I. JOʻRAYEV
Qarshi sh.,
2012-yil 24-dekabr,
X-371/12-son
Viloyat hokimining 2012-yil 24-dekabrdagi X-317/12- sonli qaroriga 1-ILOVA
2013-yilda davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun eng kam ijara haqi stavkalari
* Uzoq qishloq va togʻli hududlarda davlat koʻchmas mulkidan foydalanganda belgilangan eng kam ijara stavkalari 25 foizga kamaytiriladi.
** Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-iyundagi 07/10-41-sonli bayonining 11-bandiga asosan, QVP huzurida faoliyat koʻrsatayotgan barcha turdagi dorixonalar mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, davlat koʻchmas mulkidan foydalanganda nol stavka belgilanadi.
*** Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 22-noyabrdagi 02/1-74 sonli topshirigʻiga asosan, Mudofaa vazirligi tizimidagi savdo tashkilotlari tomonidan harbiylarning yopiq shaharchalari, harbiy qismlar va muassasalarda davlat koʻchmas mulkidan foydalanganliklari uchun ijara toʻlovlari nol stavkada belgilanadi.
Viloyat hokimining 2012-yil 24-dekabrdagi X-371/12-sonli qaroriga 2-ILOVA
Hududiy zonalar roʻyxati boʻyicha koeffitsiyentlar
Viloyat hokimining 2012-yil 24-dekabrdagi X-371/12-sonli qaroriga 3-ILOVA
Ijara haqi stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar va ijara haqlarini hisoblash tartibi
Bino-inshootlarni ijara haqlarini hisoblash tartibi
Maʼmuriy binoning holati va qurilish turiga qarab qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar:
Binoning holati va qurilish turiga qarab qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar qoʻshiladi.
Ijara haqini hisoblashda ijara haqining tayanch stavkasi quyidagicha aniqlanadi:
Ts = Bs x Zk x (Kk + Kx + Kt)
Bunda:
Ts – bir yilga 1 kv.m. uchun ijara haqining tayanch stavkasi.
Bs – ilovaga muvofiq korxonaning faoliyat turiga koʻra bir yilga 1 kv.m. uchun eng kam stavka.
Asosiy vositalarni ijara haqlarini hisoblash tartibi
Ijaraga topshirilayotgan mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq boʻlmasa yoki ushbu muddat teng boʻlsa, amalda foydalanilgan muddatni aniqlash mumkin boʻlmasa mol-mulk tiklanish qiymatining 30 foizidan.
Ijaraga topshirilayotgan mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq boʻlsa, mol - mulk tiklanish qiymatining 20 foizidan kam boʻlishi mumkin emas.
Avtotransport vositalarini ijara haqlarini hisoblash tartibi
Ijaraga topshirilayotgan mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq boʻlmasa yoki ushbu muddat teng boʻlsa, amalda foydalanilgan muddatni aniqlash mumkin boʻlmasa mol-mulk tiklanish qiymatining 30 foizidan;
Ijaraga topshirilayotgan mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq boʻlsa, mol – mulk tiklanish qiymatining 20 foizidan kam boʻlishi mumkin emas.
Qoʻshimcha izoh:
ijaraga olingan mulklardan foydalanish va sotib olish hamda ijara haqi summalarini belgilash tartibi, bajariladigan qoʻshimcha xarajatlar, kommunal toʻlovlarini va yer soliqlarini toʻlash, ijaraga olingan mulklarni qayta yoki toʻliq taʼmirlash, qoʻshimchalar qilish ishlari uchun sarflangan xarajatlarni toʻlash tartiblari toʻgʻrisida.
a) Bino-inshoot hamda asosiy va avtotransport vositalarini qayta yoki toʻliq taʼmirlash, qoʻshimchalar qilish ishlarini bajarish uchun sarflangan mablagʻlar haqidagi hujjatlar “Balans saqlovchi” ga taqdim etilganda va tomonlarni roziligi bilan, ushbu sarflangan mablagʻlar summasi ijara shartnomasi boʻyicha “Balans saqlovchi” ga toʻlanishi lozim boʻlgan ijara haqi summasidan chegirib qolinishi mumkin. Ijara vaqtida olingan mahsulot va foyda “Ijarachi” ning mulki hisoblanadi.
b) Nodavlat tashkilotlari va jismoniy shaxslarga ijara markazi tomonidan koʻrsatiladigan konsalting xizmatlari uchun eng kam ish haqining ellik foizi miqdorida xizmat haqi belgilanadi.
v) Belgilangan ijara haqi summasiga yer soligʻi, kommunal xarajatlar (boshqa turdagi xizmatlar) haqi kiritilmagan boʻlib, bu haqda “Ijarachi” va “Balans saqlovchi” (mulk egasi) oʻrtasida asosiy ijara shartnomasiga qoʻshimcha alohida shartnoma tuziladi va ushbu shartnoma boʻyicha “Ijarachi” bu xarajatlarni toʻlash majburiyatini oladi.
g) Oliy oʻquv yurtlari, kollejlar, akademik litseylar, maktablarning ichkarisida joylashgan ijarachilar (oshxona va boshqa savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari) talabalarning taʼtil va paxta davrida (3-oy) ijara haqidan ozod qilinadi.
