Chakana savdo tarmogʻida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2328-1-son)
08.02.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 8-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2328-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 29-son, 327-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 3-fevraldagi 12, 2012-7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2328, 2012-yil 16-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 7-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Chakana savdo tarmogʻida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 17-yanvar,
4-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 17-yanvar,
2013-2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 17-yanvardagi 4, 2013-2-sonli qaroriga ILOVA
Chakana savdo tarmogʻida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Soliq va hisobot davri yil choragidir.”.
2. 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Toʻlovchilar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga Zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi hisob-kitobini yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etadi.”.
3. 3-ilovada:
“Soliq davri” degan soʻzlar “Kalendar yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
nomidan “(mikrofirma va kichik korxonalar uchun)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
