Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 2013-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (X-489/09-son)
18.09.2012
qashqadaryo viloyati Muborak tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib hamda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining 2012-yil 16-sentabrdagi № 263-sonli aloqa xati, tuman hududidagi korxona, tashkilot va muassasalarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash maqsadida maxsus ishchi guruhi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish (2-ilovaga muvofiq) xodimlar soni 20 va undan ortiq kishini tashkil etadigan korxonalar jami 7 foiz (530 kishi), shundan nogironlar uchun ish oʻrinlarining eng kam soniga muvofiq 3 foiz (22 kishi) miqdorida va 4 foiz (508 kishi) uchun ish joylarini band qilib qoʻyish yoki barpo etish belgilansin.
Jumladan, umumiy band qilib qoʻyilgan yoki barpo etiladigan ish joylariga nisbatan:
a) yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar 20 foiz (104 kishi);
b) oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar 56 foiz (297 kishi);
v) muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar 5 foiz (28 kishi);
g) nogironlar 3 foiz (22 kishi);
d) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar 2 foiz (9 kishi);
e) jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar 7 foiz (14 kishi);
yo) ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarning boshqa toifalari 10 foiz (49 kishi).
3. Ish beruvchilar ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalariga va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasin.
Bunda:
nogironlar uchun salomatligi va mehnat faoliyatiga nisbatan qoʻyiladigan belgilangan talablar hisobga olingan holda mehnat vazifasini toʻsiqsiz bajarish imkonini beruvchi ish joylari;
yoshlar uchun, ular umumtaʼlim muassasalarini tamomlaganlaridan keyin ularning kasb-hunar tayyorgarligiga muvofiq keluvchi ish joylari;
14 yoshga toʻlmagan bolalari bor yolgʻiz ota, yolgʻiz onalarga hamda koʻp bolali ota-onalarga bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari bajarishni birga qoʻshib olib borish imkonini beruvchi, oʻzgaruvchan jadvalli ish joylari;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qarori bilan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun ularning kasb tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari.
4. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmida ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini va tayyor boʻlishini taʼminlab, bu toʻgʻrida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yil boshlangungacha yozma ravishda axborot berishni taʼminlasin.
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib qoʻyish korxona, muassasa, tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlab, bu toʻgʻrida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga birinchi chorak tugagandan keyin 10 kundan kechikmay yozma ravishda axborot berish vazifasi yuklatilsin.
6. Ushbu qarorda belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etilganda korxona, muassasa va tashkilotlar uchun quyidagi imtiyozlar belgilanadi:
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdorda ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan qoplash huquqiga ega boʻladi.
7. Korxona, muassasa va tashkilotlar har chorakda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga 3-ilovaga muvofiq axborot berib borish yuklatilsin.
8. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaz direktori B. Egamberdiyevga bir hafta muddatda mazkur qarorni ilovalarda koʻrsatilgan korxona, muassasa va tashkilot rahbarlari eʼtiboriga quyidagilar yetkazilsin:
korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan ish oʻrinlarining band qilib qoʻyilishi;
ushbu ish oʻrinlariga qarorning 2-bandida koʻrsatilgan shaxslarning ishga joylashtirilishi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining ish oʻrinlarni band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmagan korxona, muassasa va tashkilotlarga jarimalar solish toʻgʻrisida yozma axborotni berib borish topshirilsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari R. Polvonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim P. ALLAQULOV
Muborak t.,
2012-yil 18-sentabr,
X-489/09-son
Tuman hokimining 2012-yil 18-sentabrdagi 489/09-sonli qaroriga 1-ILOVA
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 2013-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha
IShChI KOMISSIYA TARKIBI :
Tuman hokimining 2012-yil 18-sentabrdagi 489/09-sonli qaroriga 2-ILOVA
Muborak tuman boʻyicha 2013-yil uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslar uchun eng kam ish joylari belgilangan korxonalar
ROʻYXATI
Tuman hokimining 2012-yil 18-sentabrdagi 489/09-sonli qaroriga 3-ILOVA
