Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (30-son)
06.02.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2013-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi, shuningdek soliq hisoboti taqdim etish davriyligi qisqartirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-son Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 26-dekabrdagi PF-4491-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 6-fevral,
30-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-fevraldagi 30-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
3. Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 30-modda) 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “gaz” soʻzi “tabiiy gaz” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni sertifikatlash mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 16-maydagi 136-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 35-modda):
a) qarorning nomidagi, muqaddimasidagi va 1-bandidagi “xorijiy investorlar va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) ilovada:
nomidagi va 1-banddagi “xorijiy investorlar va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
3-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “xorijiy investor yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi – oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
7-bandda:
toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilardagi “(xorijiy investor tomonidan ariza berilganda – ariza beruvchi yoki uning ishonchli shaxsi tomonidan tasdiqlangan)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻninchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
26-bandning birinchi xatboshidagi “xorijiy investorlar va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) Nizomning 1—7-ilovalaridagi koʻrsatkichlardan hamda 1 va 7-ilovalari matnlaridan “xorijiy investorlar va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
