Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 10-apreldagi 61-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (28-son)
05.02.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 29-dekabrdagi F-3949-son farmoyishini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 10-apreldagi 61-son qaroriga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-fevral,
28-son
