Qon ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan koʻp marotaba qoʻllanilishi taqiqlangan tibbiy jihozlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (2422-son)
05.02.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 5-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2422]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-sentabrdagi PF–3923-son “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 382-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 2-oktabrdagi PQ–700-son “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 40-son, 413-modda) muvofiq buyuraman:
1. Qon ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan koʻp marotaba qoʻllanilishi taqiqlangan tibbiy jihozlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2008-yil 4-martdagi 91-son “Qon bilan bogʻliq boʻlgan koʻp marotaba qoʻllanilishi taqiqlangan tibbiy anjom va uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1784, 2008-yil 4-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 107-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2009-yil 9-oktabrdagi 299-son “Qon bilan bogʻliq boʻlgan koʻp marotaba qoʻllanilishi taqiqlangan tibbiy anjom va uskunalar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1784-1, 2009-yil 23-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 44-son, 471-modda).
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-yanvar,
16-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2013-yil 28-yanvardagi 16 son buyrugʻiga ILOVA
Qon ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan koʻp marotaba qoʻllanilishi taqiqlangan tibbiy jihozlar
ROʻYXATI
T/r.Tibbiy jihozlar nomi 1.Milk elektrodlari*2.Oʻt yoʻllarini drenajlash uchun naychalar3.Oddiy drenaj naychalar4.Nafas filtrlari5.Nafas shlanglari*6.Blekmor zondlari7.Oshqozon zondlari 8.Ichak intubatsiyasi uchun Ebbot naychalari9.Koronarografiya uchun kateterlar 10.Siydik kateterlari11.Turli xildagi kateterlar (periferik vena, yoʻnaltiruvchi va boshqalar), angiokatlar12.Endoxirurgiya uchun klipsalar (upakovka)13.Qolip olish uchun plastmassa qoshiqlar 14.Stomatologik koʻrish nabori (plastik)15.Ginekologik koʻrish nabori, vaginal oyna (plastik)16.Koronar oʻtkazgichlar17.Joʻmraklar (sarflov materiallari)18.Anesteziya qilish uchun nabor (spinal) 19.Transdermal (teri orqali) drenajlash uchun toʻplam20.Plazmafiltrlar21.Barcha turdagi pulpaekstraktorlar22.Rimerlar (ildiz kanallariga ishlov berish uchun)*23.Qon tayyorlash uchun shisha idishlar24.Nafas yoʻllari sanatorlari25.Skarifikatorlar26.Stomatologik karpul ignalari27.Fayllar (ildiz kanallariga ishlov berish uchun)*28.Endotraxeal trubkalar oʻtkazgich bilan29.Koʻp marotaba qoʻllaniladigan shpritslar30.Dializator**31.Arterial qon oʻtkazuvchi magistral**32.Vena qon oʻtkazuvchi magistral**33.Arterial dializ ignasi**34.Vena dializ ignasi**35.Dializ kateteri**36.Steril tibbiy rezina qoʻlqoplar 37.Nosteril tibbiy rezina qoʻlqoplar
* oʻrnatilgan tartibda sterilizatsiya (bugʻ va quruq havo yordamida sterilizatsiya qilishdan tashqari) qoidalariga rioya qilgan holda qayta ishlatish mumkin.
** har bir bemor uchun individual ishlatiladi
