Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 13-iyuldagi 214-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (24-son)
31.01.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun attestatsiyadan oʻtkazishga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 13-iyuldagi 214-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 53-modda) “2013-yil 1-yanvardan boshlab” soʻzlari “2013-yil 1-iyuldan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 31-yanvar,
24-son
