Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (15-son)
23.01.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
21. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan kredit va boshqa majburiyatlarni qoplash hisobiga undirilgan mol-mulkni, bank qurgan va qurayotgan koʻchmas mulk obyektlarini, shuningdek boshqa obyekt va investitsiyalarni sotishdan olingan mablagʻlarga davlat mulkini xususiylashtirishdan olingan mablagʻlar sifatida qaralmaydi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan tijorat banklari kengashlari raislarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2000-yil 11-iyuldagi 265-sonli qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 23-yanvar,
15-son
