Oʻzbekiston Teatr sanʼatini rivojlantirish toʻgʻrisida (PF-1980-son)
26.03.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekistonda asrlar osha yashab kelayotgan tomosha-sanʼati anʼanalarini oʻrganish, boyitish va targʻib qilish, teatr sanʼatini har tomonlama rivojlantirish, moddiy-texnik negizini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy islohotlarda teatr arboblarining faol ishtirokini taʼminlash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratish, maxsus taʼlim tizimini zamon talablariga mos holda takomillashtirish, yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni toʻlaroq qondirish maqsadida:
5. Milliy teatr va ommaviy tomosha sanʼatlari yutuqlarini keng targʻib etish maqsadida “Teatr” oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnali nashr etilsin.
6. Teatr sanʼati maʼnaviyat va maʼrifatni yuksaltirishning qudratli vositalaridan biri ekanligini nazarda tutib, joylarda bu sanʼat rivoji bilan bogʻliq ishlarni izchil amalga oshirish masʼuliyati Madaniyat ishlari vazirligi bilan bir qatorda, tegishli vazirliklar, idoralar, tashkilotlar birinchi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, shahar va tuman hokimlarining zimmasiga yuklansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligi birgalikda Toshkent davlat sanʼat institutining drama, musiqali teatr, qoʻgʻirchoq teatri, kino, teleradio, sahna rassomligi, sanʼat menejmenti boʻyicha mutaxassis kadrlar tayyorlash doirasini kengaytirish, oʻqitish uslubini jahon andozalari darajasiga koʻtarish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Respublika teatr tashkilotlarining, ayniqsa, viloyatlardagi teatr muassasalarining malakali dramaturg va rejissorlarga boʻlgan katta ehtiyojini hisobga olib, oliy maʼlumotli, iqtidorli yoshlardan dramaturg va rejissorlar tayyorlovchi ikki yillik oliy kurslar tashkil etilsin. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu kurslar davlat buyurtmasi va shartnoma asosida faoliyat yuritadi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu Farmonda koʻrsatib oʻtilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlarni qoplash uchun mablagʻ ajratsin.
15. Ushbu Farmonning bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tegishli qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 26-mart,
PF-1980-son
