Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib oʻtish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (526-3-son)
16.01.2013
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLAShTIRISh VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 16-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 526-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-oktabrdagi PF-4475-son “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-sentabrdagi 271-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 38-son, 436-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligining 1998-yil 29-oktabrdagi 01-8/2504, 05/20-889-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib oʻtish tartibiga (roʻyxat raqami 526, 1998-yil 9-noyabr), ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z.DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 9-yanvar,
01-02/20-2-son
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2013-yil 9-yanvar,
4-mh-son
