Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1626-5-son)
16.01.2013
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 16-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1626-5]
Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplab, axlat tashlash joylariga chiqarishni maxsus avtomobillarda transportirovka qilish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar xodimlariga boʻlgan malakaviy talablarni soddalashtirish hisobiga, kommunal xizmat koʻrsatish sohasi faoliyatida qulay sharoitlarni yaratish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2006-yil 6-sentabrdagi 98-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1626, 2006-yil 5-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 403-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq v.b. Sh. ShOVAHOBOV
Toshkent sh.,
2013-yil 10-yanvar,
7-son
