Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida (589-7-son)
09.01.2013
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 9-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 589-7]
“Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda), “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 7-moddalari (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda), “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2011-y., 10-son, 272-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-sonli “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 327-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 10-dekabrda 04-02-05/809, 98-156-son va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 6-dekabrda 02/8-42-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 589, 1999-yil 7-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 2-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 12-dekabr,
88-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 12-dekabr,
2012-34-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 12-dekabr,
01-02/8-34-son
