Barcha turdagi maktablarning oʻqituvchilariga, bolalar uylarining tarbiyachilariga qoʻshimcha imtiyozlar berish, yuqori sinf oʻqituvchilarining ish haqini oshirish toʻgʻrisida (PF-93-son)
13.11.1990
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK JUMHURIYATI PREZIDENTINING
Farmoni
Maktab oʻqituvchilari va bolalar uylari tarbiyachilarining ijtimoiy-maishiy va moddiy sharoitini yaxshilash, ular mehnatini ragʻbatlantirishni kuchaytirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshirilsin:
3. Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Sovetlari ijroiya qoʻmitalari, vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar:
maktab oʻqituvchilari va bolalar uylarining tarbiyachilariga ular yashab turgan davlat hamda idoralarga qarashli uylar va kvartiralarni shaxsiy mulk sifatida bepul bersinlar;
maktab oʻqituvchilari va bolalar uylarining tarbiyachilari uchun birinchi navbatda yer uchastkalari ajratish va yakka tartibda uy qurish uchun binokorlik materiallari sotib olishi belgilansin.
Ushbu bandda koʻzda tutilgan imtiyozlar kamida 10 yil pedagoglik ish stajiga ega maktab oʻqituvchilari va bolalar uylari tarbiyachilari boʻlgan pensionyerlarga joriy etilsin.
4. Oʻzbekiston SSJ Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Sovetlari ijroiya qoʻmitalari ushbu Farmonni roʻyobga chiqarish bilan bogʻliq xarajatlarni jumhuriyat va mahalliy budjetlar mablagʻi hisobiga amalga oshirsinlar.
5. Oʻqituvchilar va bolalar uylari tarbiyachilarining turmush sharoitini yaxshilash toʻgʻrisida doimiy gʻamxoʻrlik qilish, yosh avlodning uygʻun kamol topishi uchun zarur shart-sharoit yaratish vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar, kolxozlar va sovxozlar rahbarlarining asosiy burchi deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1990-yil 13-noyabr,
PF-93-son
