Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2013-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari haqida (1052-son)
30.12.2012
Toshkent shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 102-sonli qarorining 31-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari bilan kelishilgan 2012-yil 10-dekabrdagi 01/14-48, 14-sonli va B.Yu/03-04-06/182-sonli ijara toʻlovining eng kam stavkalari Toshkent shahar hokimligining kapital qurilish, kommunal xoʻjaligi, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari boʻyicha majmuasi tomonidan oʻrganib chiqilganligini inobatga olib, qaror qilaman:
1. Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2013-yil 1-yanvardan qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 1-ilovaga, ijara haqini hisoblash tartibi 2-ilovaga, ijara haqini hisoblashda davlat obyektlariga qoʻshimcha koeffitsiyent qoʻllaniladigan Toshkent shahrining markaziy qatnov koʻchalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat korxonasi (Sh.M.Sobirov):
Ijara haqi qiymatini belgilashda 1-ilovada koʻrsatilgan koʻchmas mulk uchun qoʻllaniladigan eng kam stavkalaridan tayanch sifatida foydalanilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarorining 31 -moddasiga muvofiq davlat mulki boʻlgan binolar va xonalarda joylashgan budjet tashkilotlari uchun ijara toʻlovining nol stavkasi qoʻllanilishi belgilanganligi inobatga olinsin.
Ushbu qarorning 2-ilovasining 2.1-bandida keltirilgan bino na inshootlarining fasad qismidan reklama vositalari uchun ijara sifatida foydalanishda Toshkent shahar hokimligi reklama va axborot faoliyati boʻyicha komissiyasi tasdiqlagan va tavsiya qilgan ijtimoiy reklamalar joylashtirilgan muddatga ijara toʻlovlaridan ozod etilishi nazarda tutilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Davlat mulkini balansida saqlovchilarning mansabdor shaxslari ularning tasarrufida boʻlgan foydalanilmayotgan davlat mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat korxonasiga oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli berilishi uchun shaxsan javob beradilar.
4. Ushbu qaror 2013-yil 1-yanvardan kuchga kirishi belgilansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishi nazorati Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B.S.Raxmonov zimmasiga yuklatilsin.
Toshkent shahar hokimi R. USMONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-dekabr,
1052-son
Toshkent shahar hokimining 2012-yil 30-dekabrdagi 1052-sonli qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun 2013-yil 1-yanvardan qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari
* Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 102-son qarorining 31-moddasiga muvofiq davlat mulki boʻlgan binolar va xonalarda joylashgan budjet tashkilotlari uchun ijara toʻlovining nol stavkasi qoʻllanilishi belgilanganligi inobatga olinsin.
** Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 22-noyabrdagi 07/10-41-sonli bayonnomasi 11-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi savdo boshqarmasining tarkibiy boʻlinmalariga yopiq harbiy shaharchalar, muassasalari harbiy qismlaridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining nol stavkalari qoʻllaniladi.
*** Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2013-yil 12-iyundagi № 02/02-1-74-sonli topshirigʻiga asosan Mudofaa vazirligi sport zali Oʻzbekiston Respublikasi basketbol federatsiyasining yozma murojaatiga asosan ijaraga berilishida davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining nol stavkalari qoʻllaniladi.
Toshkent shahar hokimining 2012-yil 30-dekabrdagi 1052-sonli qaroriga 2-ILOVA
Ijara haqini hisoblash tartibi
Ijara haqi stavkalariga qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsiyentlar:
1. Hududiy zonalar koeffitsiyentiga-Kz (Toshkent shahar hokimining 2010-yil 25-yanvardagi “Yer soligʻi toʻlash stavkasi boʻyicha zona chegaralarining sxemasi va taʼriflarini tasdiqlash haqida”gi 41-sonli qarorida belgilangan chegaralarga asosan).
2. Binoning joylashuvi va qurilishi turiga koʻra qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar:
2.1. Binoning qurilish turi boʻyicha (Kq):
alohida turgan bino — 1.0;
binoning ichki qismida joylashgan va taqab qurilgan — 0.8;
yarim yertoʻla, yertoʻla — 0.6;
cherdak, bolxona — 0.5;
reklama vositalari uchun bino va inshootning fasad qismi — 0.2.
2.2. Tutashgan hududidan foydalanish koeffitsiyenti (Kh):
yer maydoni mavjud boʻlganda — 0.3.
2.3. Tijorat maqsadida foydalanishda qulayligi (Kt):
metro stansiyasidan 200 metr radius atrofida — 0.8;
asosiy qatnov koʻchalarida joylashgani — 0.7 (3-ilovaga muvofiq);
ikkinchi darajali qatnov koʻchalarida joylashgani — 0.5.
Binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovini (ijara toʻlovining tayanch stavkasi) hisoblab chiqish quyidagi tarzda aniqlanadi:
Ts=Es×Kz×(Kq+Kh+Ko)
Bunda: Ts – bir yilga 1 kv.m uchun ijara toʻlovining tayanch stavkasi;
Es – 1-ilovaga muvofiq ijaraga berilayotgan maydondan foydalanish maqsadiga koʻra bir yilga 1 kv.m uchun eng kam stavka.
Balansida davlat mulkini saqlovchi korxona, tashkilot va muassasa balansidagi bino-inshootni yaxshilash, talab darajasida saqlanishi bilan bir qatorda korxona moddiy texnika bazasini rivojlantirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkining ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 102-son qarori bilan tasdiqlashgan nizomining 5 va 10-bandlari talablaridan kelib chiqib, ijara haqi belgilanishida eng kam stavkalari tomonlar taklifiga asosan oshirilishi mumkin.
Toshkent shahar hokimining Binolardan foydalanish departamenti tasarrufidagi obyektlar boʻyicha Departament va ijarachi oʻrtasida tuziladigan ikki tomonlama shartnomalarda, maʼmuriy binolar fondini taʼmirlash uchun ijara toʻlovidan qoʻshimcha 30 foiz miqdorida toʻlovlar kiritiladi.
Toshkent shahar hokimining 2012-yil 30-dekabrdagi 1052-sonli qaroriga 3-ILOVA
Toshkent shahridagi markaziy qatnov koʻchalari roʻyxati
