Import shartnomalarini hisobga qoʻyish va ular toʻlovini xoʻjalik subyektlarining oʻz valyuta mablagʻlari hisobidan import toʻlovni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1514-3-son)
04.01.2013
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 4-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1514-3 ]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 6-modda) qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 328-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2005-yil 24-sentabrdagi 268-V, 64, 94, 01-02/19-22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1514, 2005-yil 4-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 40-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan “Import shartnomalarini hisobga qoʻyish va ular toʻlovini xoʻjalik subyektlarining oʻz valyuta mablagʻlari hisobidan import toʻlovni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 22-dekabr,
35/2-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2012-yil 22-dekabr,
15-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 22-dekabr,
95-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 22-dekabr,
01-02/19-49-son
