“1764-modda. Taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga doir talablarni buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-345-son) · Sana: 29.12.2012 · Amalda
Yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan yoki belgilangan talablar buzilgan holda jihozlangan taksilarni yoʻlga chiqarish, —
transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Belgilangan tartibda yagona tanish belgilari bilan toʻliq jihozlangan taksilarning haydovchilari tomonidan mazkur belgilardan qasddan foydalanmaslik yoki ular shikastlanganligiga qaramay yoʻlovchilarni tashish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 178-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
