Respublika oliy taʼlim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida (371-son)
29.12.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika oliy taʼlim muassasalarining ilmiy hamda pedagogik faoliyati darajasi va sifatini oshirishni, ular tomonidan yuqori, tegishli xalqaro mezonlar va standartlarga, oliy oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilar tarkibining ilmiy salohiyatidan foydalanish koʻrsatkichlariga erishishni, oʻqitishning hamda iqtisodiyotning real tarmoqlarida talab katta boʻlgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni ragʻbatlantirish, shuningdek taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, tarkibida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning 2013-yildan boshlab oliy taʼlim muassasalari reytingini ilovaga muvofiq baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Respublika oliy taʼlim muassasalari reytingini tuzish va uni baholash funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga yuklansin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
oliy oʻquv yurtlarining ilmiy-pedagogik faoliyati darajasi va sifatini xarakterlovchi maʼlumotlarni tizimli ravishda toʻplash va maʼlumotlar bazasini shakllantirish, olingan koʻrsatkichlarni ishlab chiqilgan mezonlarga muvofiq baholash asosida respublika oliy taʼlim muassasalari reytingini har yili tuzish;
ekspertlar va ish beruvchilardan soʻrovlar natijalari asosida, yetakchi xalqaro reyting tashkilotlarining ilgʻor tajribasini, respublikaning oliy taʼlim tizimini rivojlantirish ustuvorliklarini hisobga olgan holda oliy taʼlim muassasalari reytingini tuzish metodikasini yanada takomillashtirish;
reyting baholari asosida respublikada oliy taʼlimni rivojlantirishning holati toʻgʻrisida har yilgi tahliliy axborotni tayyorlash va uni oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-pedagogik faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish, uning samaradorligini, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash darajasi va sifatini oshirish boʻyicha aniq takliflar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
oliy taʼlim muassasalari reytingi natijalarini har yili 1-martgacha chop etish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.
3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi:
bir hafta muddatda qoʻshma qaror bilan Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasinlar;
2013-yilgi respublika oliy taʼlim muassasalari reytingini baholash yakunlari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan Nizomga, uni amaliyotda sinash natijasida toʻplangan tajribani hisobga olgan holda zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2013-yildan boshlab, Davlat budjetining har yilgi parametrlarini shakllantirishda asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga oliy taʼlim muassasalari reytingini tuzish va uni chop etish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I.Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-dekabr,
371-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 371-son qaroriga ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari reytingi tuzilmasi*
* Izoh: oliy oʻquv yurtlari faoliyatini baholash mezonlari oliy taʼlimni rivojlantirish ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
