Vazirlar Mahkamasining “Gerbli guvohnomalar shakllarini va ularni berganlik uchun gerb yigʻimi miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2012-yil 25-apreldagi 119-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” (363-son)
28.12.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Gerbli guvohnomalardan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Gerbli guvohnomalar shakllarini va ularni berganlik uchun gerb yigʻimi miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2012-yil 25-apreldagi 119-son qarorining 4-bandidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 29-modda) “2013-yil 1-yanvargacha” soʻzlari “2013-yil 1-dekabrgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri N.T. Yoʻldoshevga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 28-dekabr,
363-son
