Vakolatli banklarda eksport va barter kontraktlarini hisobga qoʻyish va ularning bajarilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (954-6-son)
25.12.2012
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 28-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 954-6]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda) qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 29-son, 328-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2000-yil 24-iyunda 393-son bilan tasdiqlangan “Vakolatli banklarda eksport va barter kontraktlarini hisobga qoʻyish va ularning bajarilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (roʻyxat raqami 954, 2000-yil 9-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 15-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror 2013-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 22-dekabr,
35/3-son
