Rangli metallar parchalari va chiqindilari eksportini tartibga solish toʻgʻrisida (PF-2212-son)
05.02.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Rangli metallar ichki bozorini himoya qilish, vatanimizdagi ishlab chiqaruvchilarni xomashyo bilan taʼminlash maqsadida:
1. 1999-yil 15-fevraldan boshlab rangli metallar parchalari va chiqindilarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish taqiqlansin.
2. “Oʻzbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJga har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan hajmlarda rangli metallar parchalari va chiqindilarini eksport qilish huquqi berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi olib chiqib ketilishi taqiqlangan tovarlar, buyumlar va mahsulotlarning respublikadan tashqariga chiqarilishi chogʻida belgilangan tartibga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 5-fevral,
PF-2212-son
