4-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy vazifalari
Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-344-son) · Sana: 25.12.2012 · Amalda
Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki himoya qilinishini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlash;
jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarni tayyorlash va sodir etishga daxldor shaxslarni aniqlash hamda topish;
surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazodan boʻyin tovlayotgan shaxslarni, bedarak yoʻqolgan shaxslar va qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarni qidirishni amalga oshirish, shuningdek tanib olinmagan murdalarning shaxsini aniqlash;
shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligiga tahdid solayotgan shaxslar, hodisalar, harakatlar (harakatsizlik) haqida axborot toʻplash.
