38-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etuvchi va taʼminlovchi organlar
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-342-son) · Sana: 24.12.2012 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijrosini tashkil etadi hamda taʼminlaydi.
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, ularning mansabdor shaxslari oʻz vakolatlariga kiritilgan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etadi hamda taʼminlaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tegishli hududda tashkil etadi va taʼminlaydi.
