26-modda. Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matnini tasdiqlash
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-342-son) · Sana: 24.12.2012 · Amalda
Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matni unga imzo qoʻyish yoʻli bilan, yaʼni:
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni — Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va qarori — Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari — normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ rahbari;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari — tegishli hokim tomonidan tasdiqlanadi.
