Import operatsiyalarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PF-1930-son)
18.02.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Import operatsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish, bu operatsiyalarni amalga oshirish chogʻida shartnoma va moliya intizomini mustahkamlash maqsadida:
2. Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli banklarda yuridik va jismoniy shaxslarning import bitimlarini hisobga olish va ular ijrosini nazorat qilishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, faqat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va vakolatli banklargina xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish chogʻida import bitimlari haqini toʻlash boʻyicha kafolat majburiyati berishga haqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat organlariga import qilinayotgan tovarlar uchun haq toʻlash boʻyicha xorijiy hamkorlariga kafolatlar berish yoki oʻzga majburiyatlarni olish taqiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK, Moliya vazirligi, Davlat Bojxona qoʻmitasi, vakolatli banklar import bitimlari haqini toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarning belgilangan tartibiga qatʼiy rioya qilsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonni bajarish yuzasidan bir hafta muddatda qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 18-fevral,
PF-1930-son
