Bojxona qiymatini toʻgʻrilash BQT-1 va BQT-2 shakllarini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida (920-4-son)
15.12.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 15-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 920-4]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda) va “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2000-yil 5-apreldagi 02/8-19-son bilan tasdiqlangan Bojxona qiymatini toʻgʻrilash BQT-1 va BQT-2 shakllarini toʻldirish boʻyicha Yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 920, 2000-yil 20-aprel), (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 8-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 23-noyabr,
01-02/8-33-son
