254-modda. Saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali saylovoldi tashviqotini olib borish
Saylov erkinligi yanada taʼminlanishi va saylov qonunchiligi yanada rivojlantirilishi munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-340-son) · Sana: 19.12.2012 · Amalda
Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali saylovoldi tashviqoti uchun teng sharoitlar yaratib beriladi.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar tomonidan mustaqil ravishda oʻtkaziladi. Ularni oʻtkazish joyi va vaqti, qoida tariqasida, uchastka saylov komissiyalari bilan kelishib olinadi, mazkur komissiyalar bu haqda saylovchilarni oldindan xabardor qiladi.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish uchun jihozlangan xonalarni bepul ajratishi, zarur maʼlumot va axborot materiallarini olishda yordam koʻrsatishi shart.
Deputatlikka nomzod yoki uning ishonchli vakillari boshqa deputatlikka nomzodlar yoki ularning ishonchli vakillari bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishga yoxud boshqa deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli”;
4) 29-moddaning oltinchi qismi “boshqa statsionar davolash muassasalarida” degan soʻzlardan keyin “qamoqda saqlash joylarida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 30-moddaning birinchi qismi “olis va borish qiyin boʻlgan joylarda” degan soʻzlardan keyin “qamoqda saqlash joylarida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 35-moddaning ikkinchi qismi “olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda” degan soʻzlardan keyin “qamoqda saqlash joylarida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
7) 38-moddaning:
beshinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi — oʻninchi qismlar bilan almashtirilsin:
