“25-modda. Saylovoldi tashviqoti
Saylov erkinligi yanada taʼminlanishi va saylov qonunchiligi yanada rivojlantirilishi munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-340-son) · Sana: 19.12.2012 · Amalda
Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni deputatlikka nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat.
Saylovoldi tashviqoti deputatlikka nomzodlar tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Saylovoldi tashviqotini saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar koʻrsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablagʻlari toʻlash bilan qoʻshib olib borish taqiqlanadi”;
3) quyidagi mazmundagi 251 — 254-moddalar bilan toʻldirilsin:
