3-modda. Xususiy bank va moliya institutlari
Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida (O‘RQ-339-son) · Sana: 17.12.2012 · Amalda
Xususiy bank va moliya institutlari ustav fondida (ustav kapitalida) muassislar (ishtirokchilar) boʻlgan jismoniy shaxslarning ulushi kamida ellik foizni tashkil etishi lozim boʻlgan banklar va boshqa kredit tashkilotlari, sugʻurta tashkilotlari, shuningdek faqat moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi oʻzga yuridik shaxslardir.
Xususiy bank va moliya institutlari tadbirkorlik subyektlaridir.
Quyidagilar xususiy bank va moliya institutlarining muassislari (ishtirokchilari) boʻlishi mumkin emas:
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan yuridik shaxslar;
davlat organlari, shuningdek siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, jamoat fondlari va diniy tashkilotlar.
Davlat organlarining mansabdor shaxslari xususiy bank va moliya institutlarida haq toʻlanadigan lavozimni egallashi mumkin emas.
