Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida (O‘RQ-339-son) · Sana: 17.12.2012 · Amalda
Ushbu Qonunning maqsadi xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlari (bundan buyon matnda xususiy bank va moliya institutlari deb yuritiladi) hamda ular faoliyatining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari xususiy bank va moliya institutlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashdan, bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratishdan, bank xizmatlari va boshqa moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni kengaytirishdan hamda mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirishdan iboratdir.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-2102388
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida (O‘RQ-339-son). neolex.uz/uz/laws/law-2102392/1 (lex.uz/docs/-2102388)