Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida (1279-4-son)
29.11.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 29-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1279-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 327-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son Farmoni)”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasining 2003-yil 27-sentabrdagi 05-20-401, 14 va 01/23-55-son qarori (roʻyxat raqami 1279, 2003-yil 27-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son) bilan tasdiqlangan Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Adliya vaziri N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-noyabr,
3-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2012-yil 29-noyabr,
11-son
