Erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga muvofiq shartli chiqarib yuborilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1404-2-son)
27.11.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 27-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1404-2]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda) va “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 9-avgustdagi 01-02/12-32-sonli qarori bilan tasdiqlangan Erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga muvofiq shartli chiqarib yuborilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1404, 2004-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 36-son, 404-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 25-oktabr,
01-02/12-30-son
