“7-modda. Yopiq aksiyadorlik jamiyati
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (549-I-son) · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Aksiyalari faqat oʻz muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi”;
5) 9-moddasida:
moddaning nomidagi hamda birinchi qismdagi “jamiyatlar” va “jamiyatlarga” degan soʻzlar tegishincha “xoʻjalik jamiyatlari” va “xoʻjalik jamiyatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismdagi “shuʼba jamiyat”, “shuʼba jamiyatning”, “shuʼba jamiyatga” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “shuʼba xoʻjalik jamiyati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi va yettinchi qismdagi “tobe jamiyat” va “tobe jamiyatlar” degan soʻzlar tegishincha “tobe xoʻjalik jamiyati” va “tobe xoʻjalik jamiyatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 59-moddasi chiqarib tashlansin;
7) 94-moddasining birinchi qismidagi “kuzatuv Kengashi yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8) 101-moddasining uchinchi qismidagi “va tugatish” degan soʻzlar “va roʻyxatga olishni amalga oshiruvchi organ bilan kelishgan holda tugatish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 26-dekabr,
549-I-son
