“263-modda. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining davlat inspeksiya organlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (549-I-son) · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tizimining davlat aloqa inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 151-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 152, 153, 154, 156-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Davlat aloqa inspeksiyasining boshligʻi, shuningdek Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy organlarining davlat aloqa inspeksiyalari boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida aytib oʻtilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanishga haqlidirlar”.
XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 28-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda):
1) matnidagi “ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati” va “yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati” degan soʻzlar tegishincha “ochiq aksiyadorlik jamiyati” va “yopiq aksiyadorlik jamiyati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2) 5-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
