“17-modda. Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyat
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (549-I-son) · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Elektr uzatish obyektlari va liniyalarini qurish; samoviy hududda elektromagnit, yorugʻlik, akustik, korpuskulyar va boshqa turdagi nurlanishlar paydo boʻlishiga olib keladigan ishlar; qushlarning va yovvoyi hayvonlarning (kemiruvchilarning) koʻplab toʻplanishiga hamda ornitologik vaziyatning, parvoz paytida koʻrishning va aerodromlardagi uchish maydonlari holatining yomonlashuviga sabab boʻluvchi obyektlarni joylashtirish; havo kemalari parvoz qilish va qoʻnish zonalariga baland oʻsadigan daraxtlarning koʻchatlarini oʻtqazish; shuningdek samoda moddiy obyektlar harakati bilan bevosita aloqasi boʻlmagan, ammo havo kemalarining, boshqa uchuvchi apparatlarning parvoziga, asbob-uskunalari va ulardagi odamlar xavfsizligiga taʼsir etuvchi har qanday boshqa faoliyat aerodrom hududidagi parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatlar jumlasiga kiradi”;
6) 23-moddasining uchinchi qismidagi “harbiy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
7) 24-moddasi birinchi qismining “v” bandidagi “maqsadlarida foydalaniladi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin va qism quyidagi mazmundagi “g” bandi bilan toʻldirilsin:
“g) favqulodda vaziyatlar yuz bergan hududlarga avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirish uchun kuchlar va asbob-uskunalarni, shuningdek zarar koʻrganlarga yordam koʻrsatish uchun yuklarni yetkazib berish maqsadlarida foydalaniladi”;
8) 25-moddasining birinchi qismidagi “davlat mulki yoki boshqa” degan soʻzlar “ommaviy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
9) 26-moddasida:
birinchi va ikkinchi qism quyidagi mazmundagi qismlar bilan almashtirilsin:
“Quruqlikdagi yoki suv sathidagi maxsus jihozlangan uchastka parvozlar xavfsizligini taʼminlovchi yon-atrof hamda chekka zonalar va shu zonalarda joylashgan, havo kemalarining uchishi, qoʻnishi, burilishi, toʻxtab turishi va ularga xizmat koʻrsatilishi uchun moʻljallangan zarur bino, inshootlar va anjomlar bilan birga aerodrom deb eʼtirof etiladi.
Aerodromlar oʻzining vazifasiga qarab bazaviy, muvaqqat va zaxiradagi aerodromlarga boʻlinadi.
Aerodromlar aviatsiya turiga mansubligiga koʻra fuqaro aviatsiyasi aerodromlari, davlat aviatsiyasi aerodromlari, eksperimental aviatsiya aerodromlari hamda hamkorlikda foydalanish (joylashish) aerodromlariga boʻlinadi”;
