“Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning qoʻllanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimchalar kiritish haqida (285-2-son)
13.11.2012
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 13-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 285-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vazirining 1996-yil 15-iyuldagi 44-II-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning qoʻllanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 285, 1996-yil 20-noyabr) ilovaga* muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2012-yil 16-oktabr,
67-B-son
