23-modda. Sanoq komissiyasining bayonnomasi
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida (609-II-son) · Sana: 29.04.2004 · Kuchini yo'qotgan
Ovozlarni sanash natijalari boʻyicha sanoq komissiyasi tomonidan bayonnoma tuziladi.
Sanoq komissiyasining bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
fuqarolar yigʻini ishtirokchilarining umumiy soni;
ovoz berishda qatnashgan fuqarolar yigʻini ishtirokchilarining soni;
yashirin ovoz berish oʻtkazilganida byulleten olgan fuqarolar yigʻini ishtirokchilarining soni;
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari vazifasiga har bir nomzodni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni;
yashirin ovoz berish oʻtkazilganida haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar soni.
Bayonnoma sanoq komissiyasining raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Bayonnoma sanoq komissiyasining raisi tomonidan oʻqib eshittiriladi va fuqarolar yigʻini tomonidan tasdiqlanadi.
