Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (312-son)
31.10.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son va “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son, “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-son farmonlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son, “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 31-oktabr,
312-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qaroriga 1-ILOVA
Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son, “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son, “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-son farmonlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son, “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son qarorlariga muvofiq tijorat banklari tomonidan sudyalarga, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar apparatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda sud organlari deb ataladi) xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda prokuratura organlari deb ataladi) va davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka krediti berish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi sudyalarga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalariga (keyingi oʻrinlarda sudyalar deb ataladi), sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining oila aʼzolaridan biri (yangi nikohga kirmagan turmush oʻrtogʻi yoki qaramogʻida boʻlgan ota-onasi) belgilangan tartibda turar joyga muhtoj deb tan olinganda, ular mazkur Nizom talablariga muvofiq uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda turar joy bilan birinchi navbatda taʼminlanadi.
Bunda ushbu kafolat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 13-martdagi PF-34-son Farmoniga muvofiq 1991-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-maygacha davlat bojxona xizmati organlarining jangovar (harbiy) harakatlarda, noqonuniy qurolli tuzilmalarni aniqlash va yoʻq qilishda, favqulodda holat (vaziyat) oqibatlarini bartaraf etishda, davlat chegaralarini himoya qilishda, terrorchilikka qarshi operatsiyalarda, jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan xodimlarining oila aʼzolariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Xodimlarning Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlganligi holati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
2. Tijorat banklari tomonidan sudyalarga, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uzoq muddatli ipoteka krediti (keyingi oʻrinlarda ipoteka krediti deb ataladi) berish qonunchilikda belgilangan tartibda hamda tijorat banklarining ichki kredit siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Ipoteka kreditlari yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uyda kvartira sotib olish uchun qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik va muddatlilik shartlarida tijorat banklari tomonidan beriladi.
4. Tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlari quyidagilar hisobidan beriladi:
xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlarning ipoteka krediti uchun berilgan kredit liniyalari, shu jumladan imtiyozli kredit liniyalari, grantlari va investitsiyalari;
tijorat banklarining oʻz mablagʻlari va jalb qilgan mablagʻlari.
tegishli tuzilmalar jamgʻarmalari.
5. Ipoteka krediti ipoteka krediti hisobiga sotib olinadigan va belgilangan tartibda sudyaning, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining mulkiga oʻtadigan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani ipotekaga olish uchun beriladi.
Muomaladan olib qoʻyilgan va begonalashtirilishi mumkin boʻlmagan koʻchmas mulk ipoteka predmeti boʻlishi mumkin emas.
6. Tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori ipoteka krediti olish uchun buyurtmanoma berilgan kunda respublikada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 2000 baravaridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
7. Ipoteka krediti sudyalarga, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga kamida 10 yil muddatga beriladi.
71. Ipoteka kreditlari sudyalarga, sud organlari, prokuratura va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uch yillik imtiyozli davr bilan beriladi va mazkur davr mobaynida kreditlar boʻyicha faqat foizlar toʻlanadi.
8. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) tomonidan ipoteka krediti berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida belgilanadi. 2020-yil 1-yanvardan boshlab tijorat banklari tomonidan sudyalar, sud organlari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga ipoteka krediti berishning yangi tartibi oʻrnatiladi.
9. Tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori sotib olinadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining 75 foizidan oshishi mumkin emas.
10. Sudya, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimi tijorat bankidan ipoteka krediti olish uchun sotib olinadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi oʻz mablagʻiga ega boʻlishi kerak.
Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar tijorat bankida sudyaning, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimining nomiga milliy valyutada ochilgan jamgʻarma hisob raqamida boʻlishi kerak.
II. Sudyalarning va sud organlari xodimlarining dastlabki badalni olishi, uni berish va qaytarish tartibi
11. Sotib olinadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal (keyingi oʻrinlarda dastlabki badal deb ataladi) sudyaning, sud organlari xodimining hisob raqamiga Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hisobidan oʻtkazilishi mumkin.
12. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan dastlabki badalni oʻtkazish uchun sudya, sud organlari xodimi ish joyida tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti direktori (keyingi oʻrinlarda sud organi rahbari deb ataladi) nomiga qarz berish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi.
Sudya, sud organlari xodimi Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz berish toʻgʻrisidagi ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
sudyaning, sud organlari xodimining va u bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan berilgan maʼlumotnomalar yoki sudyaning, sud organlari xodimining va uning oila aʼzolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
sudyaning, sud organlari xodimining oilasi tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan berilgan maʼlumotnoma va uning pasporti nusxasi;
sudyani, sud organlari xodimini tayinlash (saylash) toʻgʻrisidagi tegishli qaror (buyruq)ning nusxasi.
13. Ariza va ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin sud organi rahbari ularni oʻrganish (tekshirish) natijalariga koʻra Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz berish toʻgʻrisidagi ariza va barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab besh kun muddatda Jamgʻarmaga (arizani va barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda) iltimosnoma bilan murojaat qiladi.
14. Sud organi rahbarining iltimosnomasi va ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) oʻrganish va tekshirish natijalariga koʻra Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashiga dastlabki badal uchun qarz berish mumkinligi toʻgʻrisida xulosa kiritadi.
15. Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi sud organi rahbarining iltimosnomasini, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz berish toʻgʻrisidagi arizani, unga ilova qilingan barcha hujjatlarni va Departamentning xulosasini koʻrib chiqib arizani qanoatlantirish yoki rad etish sabablarini koʻrsatgan holda qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Departament tomonidan xulosa berish va Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan qaror qabul qilish muddati sud organi rahbari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz berish toʻgʻrisidagi ariza va ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar ilova qilingan iltimosnoma taqdim etilgan kundan boshlab oʻn besh ish kunidan oshmasligi kerak.
16. Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Departament bu toʻgʻrida zudlik bilan sud organi rahbarini yozma ravishda xabardor qiladi va sudya yoki sud organi xodimi bilan qarz shartnomasi tuziladi;
Qarz garov taʼminoti yoki kafillik hujjati taqdim etilgan holda foizsiz va qaytarish asosida beriladi. Qarzni qaytarish muddati ipoteka kreditini qaytarish muddatidan kam boʻlishi mumkin emas.
17. Jamgʻarma qarz shartnomasi tuzilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda mablagʻlarni sudyaning yoki sud organi xodimining hisob raqamiga oʻtkazadi.
Kredit shartnomasiga muvofiq toʻlangan dastlabki badal yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining 25 foizidan ortiq boʻlgan taqdirda sudya yoki sud organi xodimi ortiqcha summani kredit shartnomasi imzolangan kundan boshlab ikki kun mobaynida Jamgʻarmaga qaytaradi.
18. Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz berish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda Departament bu toʻgʻrida zudlik bilan sud organi rahbarini yozma ravishda xabardor qiladi. Xabarnomada mablagʻ berishni rad etish sabablari koʻrsatilishi kerak.
Quyidagilar rad etish sabablari boʻlishi mumkin:
sudya yoki sud organi xodimi tomonidan zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilsa;
sudya yoki sud organi xodimi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
Jamgʻarma mablagʻlari yetishmasa.
Sud organi rahbari Departamentdan xabarnoma olingan kundan boshlab bir kun muddatda sudyaga yoki sud organi xodimiga Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi qarorini yetkazadi.
19. Sudya yoki sud organi xodimi tomonidan qarzni qaytarish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va qimmatli qogʻozlar boʻyicha olinadigan boshqa daromadlar hisobidan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish;
naqd pul topshirish;
sudyaning yoki sud organi xodimining tijorat banklaridagi omonatlar boʻyicha hisob raqamlaridan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish.
Bunda qarz boʻyicha qarz mablagʻlari qarz shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq toʻlanadi.
Sudyalar va sud organlari xodimlari qarzni qarz shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarish huquqiga ega.
II1 bob. Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining dastlabki badalni olishi, uni berish va qaytarish tartibi
191. Dastlabki badal davlat soliq xizmati organlari xodimining hisob raqamiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Maxsus jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hisobidan kiritilishi mumkin.
192. Davlat soliq xizmati organlari xodimlariga dastlabki badalni toʻlash uchun Maxsus jamgʻarma mablagʻlaridan ajratish maqsadida ish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmalarida tegishli komissiya (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi komissiyasi (keyingi oʻrinlarda DSQ komissiyasi deb ataladi) tashkil etiladi.
193. Maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan dastlabki badalni oʻtkazish uchun davlat soliq xizmati organlari xodimi ish joyi boʻyicha hududiy komissiyalarga, Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati xodimlari esa DSQ komissiyasiga qarz berish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi.
Davlat soliq xizmati organlari xodimi qarz berish toʻgʻrisidagi ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
davlat soliq xizmati organlari xodimining va u bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan berilgan maʼlumotnomalar yoki davlat soliq xizmati organlari xodimining va uning oila aʼzolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
davlat soliq xizmati organlari xodimining oilasi tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan berilgan maʼlumotnoma va uning pasporti nusxasi;
davlat soliq xizmati organlari xodimini tayinlash toʻgʻrisidagi tegishli qarorning nusxasi.
194. Ariza va ushbu Nizomning 193-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin hududiy komissiya oʻn kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganadi va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini tekshiradi.
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda hududiy komissiya ikki kun muddatda ushbu qarorni (zarur hujjatlarni ilova qilgan holda) DSQ komissiyasiga yuboradi.
Mablagʻ ajratishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda hududiy komissiya bir kun muddatda davlat soliq xizmati organlari xodimini rad etish sabablari aniq koʻrsatilgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
195. DSQ komissiyasi bir hafta muddatda hududiy komissiya qarori va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi va koʻrib chiqish natijalari yuzasidan ikki nusxada bayonnoma tuzadi. Bayonnomaning har ikki nusxasi DSQ komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Mablagʻ ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda DSQ komissiyasi ikki kun muddatda bayonnomaning bir nusxasini Davlat soliq qoʻmitasi Hayʼati (keyingi oʻrinlarda DSQ Hayʼati deb ataladi) qarori loyihasini tayyorlash uchun Davlat soliq qoʻmitasi raisiga kiritadi.
Mablagʻ ajratishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda bir kun muddatda hududiy komissiya rad etish sabablari aniq koʻrsatilgan holda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Quyidagilar rad etish sabablari boʻlishi mumkin:
hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi;
Maxsus jamgʻarma mablagʻlari yetishmasa.
196. DSQ Hayʼati qarori tasdiqlangandan keyin ikki kun muddatda DSQ komissiyasi bu haqda hududiy komissiyani yozma ravishda xabardor qiladi va davlat soliq xizmati organlari xodimi bilan qarz shartnomasini tuzadi.
Qarz garov taʼminoti yoki kafillik hujjati taqdim etilgan holda foizsiz va qaytarish asosida beriladi. Qarzni qaytarish muddati ipoteka kreditini qaytarish muddatidan kam boʻlishi mumkin emas.
197. Dastlabki badalni toʻlash davlat soliq xizmati organlari xodimi xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki bilan kredit shartnomasini tuzgandan keyin xodimning tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga pul oʻtkazish yoʻli orqali amalga oshiriladi.
Dastlabki badal uchun ajratiladigan summa yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining 25 foizi miqdoridan oshmasligi kerak.
198. Davlat soliq xizmati organlari xodimi tomonidan qarzni qaytarish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va boshqa daromadlar, shu jumladan qimmatli qogʻozlar boʻyicha olinadigan daromadlar hisobidan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish;
naqd pul topshirish;
davlat soliq xizmati organlari xodimining tijorat banklaridagi omonatlar boʻyicha hisob raqamlaridan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish.
Bunda qarz boʻyicha qarz mablagʻlari qarz shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq toʻlanadi.
Davlat soliq xizmati organlari xodimlari qarzni qarz shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarish huquqiga ega.
II2 bob. Davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining dastlabki badalni olishi, uni berish va qaytarish tartibi
199. Dastlabki badal davlat bojxona xizmati organlari xodimining hisob raqamiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Maxsus jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hisobiga kiritilishi mumkin.
1910. Davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga dastlabki badalni toʻlash uchun Maxsus jamgʻarmadan mablagʻ ajratish maqsadida ish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalarida, “Toshkent-AERO” ixtisoslantirilgan bojxona kompleksi, Bojxona instituti, Milliy kinologiya markazida tegishli komissiya (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi komissiyasi (keyingi oʻrinlarda DBQ komissiyasi deb ataladi) tashkil etiladi.
1911. Maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobiga dastlabki badalni oʻtkazish uchun davlat bojxona xizmati organlari xodimi ish joyi boʻyicha hududiy komissiyalarga, Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati xodimi esa DBQ komissiyasiga qarz berish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi.
Davlat bojxona xizmati organlari xodimi qarz berish toʻgʻrisidagi ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
davlat bojxona xizmati organlari xodimining va u bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan berilgan maʼlumotnomalar yoki davlat bojxona xizmati organlari xodimining va uning oila aʼzolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
davlat bojxona xizmati organlari xodimining oilasi tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan berilgan maʼlumotnoma va uning pasporti nusxasi;
davlat bojxona xizmati organlari xodimini tayinlash toʻgʻrisidagi tegishli buyruqning nusxasi.
1912. Ariza va ushbu Nizomning 1911-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin hududiy komissiya oʻn kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganadi va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini tekshiradi.
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda hududiy komissiya ikki kun muddatda ushbu qarorni (zarur hujjatlarni ilova qilgan holda) DBQ komissiyasiga yuboradi.
Mablagʻ ajratishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda hududiy komissiya bir kun muddatda davlat bojxona xizmati organlari xodimini rad etish sabablari aniq koʻrsatilgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
1913. DBQ komissiyasi bir hafta muddatda DBQ markaziy apparati xodimining arizasini va hududiy komissiya qarorini va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi va koʻrib chiqish natijalari yuzasidan ikki nusxada bayonnoma tuzadi. Bayonnomaning har ikki nusxasi DBQ komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Mablagʻ ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda DBQ komissiyasi ikki kun muddatda bayonnomaning bir nusxasini Davlat bojxona qoʻmitasi Hayʼati (keyingi oʻrinlarda DBQ Hayʼati deb ataladi) qarori loyihasini tayyorlash uchun Davlat bojxona qoʻmitasi raisiga kiritadi.
Mablagʻ ajratishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda DBQ komissiyasi uch kun muddatda DBQ markaziy apparati xodimi va hududiy komissiyani rad etish sabablari aniq koʻrsatilgan holda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Hududiy komissiya bir kun muddatda davlat bojxona xizmati organi xodimini rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
Quyidagilar rad etish sabablari hisoblanadi:
zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilishi;
hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi;
Maxsus jamgʻarma mablagʻlari yetishmasligi.
1914. DBQ Hayʼati qarori tasdiqlangandan keyin ikki kun muddatda DBQ komissiyasi bu haqda hududiy komissiyani yozma ravishda xabardor qiladi va davlat bojxona xizmati organlari xodimi bilan qarz shartnomasini tuzadi.
Qarz garov taʼminoti yoki kafillik hujjati taqdim etilgan holda foizsiz va qaytarish asosida beriladi. Qarzni qaytarish muddati oʻn yildan ortiq boʻlishi mumkin emas.
1915. Dastlabki badalni toʻlash davlat bojxona xizmati organlari xodimi xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki bilan kredit shartnomasi tuzgandan keyin xodimning tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga pul oʻtkazish orqali amalga oshiriladi..
Dastlabki badal uchun ajratiladigan summa yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining 25 foizidan oshmasligi kerak.
1916. Bojxona organlari xodimi tomonidan qarzni qaytarish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va boshqa daromadlar, shu jumladan, qimmatli qogʻozlar boʻyicha olinadigan daromadlar hisobiga naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish;
naqd pul topshirish;
davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining tijorat banklaridagi omonatlari boʻyicha hisob raqamlaridan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish.
Bunda qarz boʻyicha qarz mablagʻlari qarz shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq toʻlanadi.
Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari qarzni qarz shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarish huquqiga ega.
III. Ipoteka krediti olish uchun buyurtmanomani koʻrib chiqish va buyurtmanoma boʻyicha qaror qabul qilish
20. Yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uyda kvartira sotib olish uchun sudya, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari tijorat bankiga ipoteka krediti olish uchun soʻralayotgan kredit summasini koʻrsatgan holda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
sudyaning, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining va ular bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan berilgan maʼlumotnomalar yoki sudyaning, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining va ularning oila aʼzolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
bankning pul mablagʻlari sudyaning, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining hisob raqamiga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
sudyaning, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining oilasi tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan berilgan maʼlumotnoma va uning pasporti nusxasi;
sudyani lavozimga tayinlash (saylash), Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlarini lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi tegishli qarorning, sud organlari, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning nusxalari.
21. Sudya, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlari, prokuratura, davlat soliq xizmati hamda davlat bojxona xizmati organlari xodimlari ipoteka krediti olish uchun tijorat bankiga murojaat qilgandan keyin tijorat banki ularni ipoteka krediti olish jarayonidagi taxminiy xarajatlar turlari bilan tanishtiradi. Sudya, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlari, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari ipoteka krediti olishda quyidagi xarajatlarni amalga oshirishlari kerak;
ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani notarial tasdiqlash uchun davlat boji;
garovga qoʻyilgan koʻchmas mulkni sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar;
baholash tashkilotining mulk qiymatini aniqlash xizmatlariga haq toʻlash;
ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlov.
22. Ipoteka krediti olish uchun ariza va ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlar qabul qilib olingandan keyin tijorat banki xodimi tomonidan ular bir hafta muddatda oʻrganiladi va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi tekshiriladi.
23. Garovga qoʻyilgan mulkni baholash sudya, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari (ipotekaga qoʻyuvchi) va tijorat banki (ipotekaga oluvchi) oʻrtasidagi bitimga koʻra bozor qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.
24. Ushbu Nizomning 22-bandiga muvofiq oʻtkazilgan oʻrganish va tekshirish natijalariga koʻra tijorat bankining ipoteka krediti olish yuzasidan arizaning koʻrib chiqilishi uchun masʼul boʻlgan xodimi tomonidan tijorat bankining kredit komissiyasiga (kredit qoʻmitasiga) kredit berishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida asoslangan xulosa kiritiladi.
25. Kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) ipoteka krediti olish yuzasidan arizani, unga ilova qilingan barcha hujjatlarni va ushbu ariza boʻyicha bankning masʼul xodimi xulosasini koʻrib chiqib arizani qanoatlantirish yoki ipoteka krediti olish yuzasidan arizani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Ipoteka krediti olish yuzasidan arizani koʻrib chiqish muddati ariza va ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 30 ish kunidan oshmasligi kerak.
26. Kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) tomonidan ipoteka krediti berish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingandan keyin:
tijorat banki kredit shartnomasi tuzish uchun bu haqda sudyani, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini uch kun muddatda yozma ravishda xabardor qiladi. Shuningdek sotuvchining nomiga yoʻqlab olinadigan depozit hisob raqami ochish uchun ular tomonidan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotuvchining (keyingi oʻrinlarda sotuvchi deb ataladi) bankka kelishini taʼminlashning zarurligi ham yozma shaklda koʻrsatiladi;
ipotekaga qoʻyuvchi bank foydasiga oʻz hisobidan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartiraning toʻliq qiymatini yoʻqolish va shikastlanish xavflaridan sugʻurta qilishi, agar mulkning toʻliq qiymati ipoteka bilan taʼminlangan olingan kredit summasi va uning boʻyicha hisoblangan foizlar miqdoridan ortiq boʻlsa, u holda bank oldidagi ushbu majburiyati summasidan past boʻlmagan summaga sugʻurta qilishi shart;
tijorat banki sudya, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari bilan “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan ipoteka toʻgʻrisida shartnomani, shuningdek kredit shartnomasini tuzadi.
27. Kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) tomonidan ipoteka krediti berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda tijorat banki qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda sudyaga, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga xulosani yozma ravishda, ipoteka krediti berishning rad etilishi sabablarini koʻrsatgan holda joʻnatadi.
IV. Ipoteka kreditini berish va qaytarish tartibi
28. Yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun ipoteka krediti berish tijorat banki tomonidan sudya, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati organlari va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari nomiga alohida ssuda hisob raqami ochish hamda ushbu hisob raqamidan qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartiraning oldi-sotdi shartnomasi nusxasi ilova qilingan holda sudyaning, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining yozma topshiriqnomasi asosida, sotuvchining (mulkdorning) omonat hisob raqamiga pul mablagʻlarini naqd pulsiz shaklda memorial order vositasida oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
29. Sudya, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari tomonidan ipoteka kreditini qaytarish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar, shu jumladan qimmatli qogʻozlar boʻyicha olinadigan boshqa daromadlar hisobidan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish;
naqd pul topshirish;
sudyaning, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining tijorat banklaridagi omonatlar boʻyicha hisob raqamidan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish.
Sudya, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari asosiy qarzni va hisoblangan foizlarni muddatidan oldin, kredit shartnomasida belgilangan qaytarish muddati boshlangungacha, kreditni muddatidan oldin qaytarganligi uchun vositachilik toʻlovi toʻlamasdan qaytarish huquqiga ega.
30. Tijorat banklari sudyalar, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari tomonidan ipoteka kreditlari boʻyicha oʻz majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshiradilar.
Monitoring joyiga borgan holda amalga oshirilishi mumkin. Tijorat banki tomonidan monitoringni amalga oshirish tartibi kredit shartnomasida belgilangan boʻlishi kerak.
31. Asosiy qarz va uning boʻyicha hisoblangan foizlar kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda tijorat banki xodimi sudya, sud organlari, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari bilan shaxsan uchrashib majburiyatlarning bajarilmayotgani sabablarini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan ipoteka kreditining qaytarilishini taʼminlash choralarini koʻrishni talab qiladi.
32. Sudya, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari tomonidan ipoteka krediti va hisoblangan foizlar boʻyicha toʻlovlar toʻlanmaganda yoki oʻz vaqtida toʻlanmaganda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda tijorat banki undiruvni qonunchilikda belgilangan tartibda garovga qoʻyilgan mulkka qaratadi.
V. Yakunlovchi qoida
33. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qaroriga 2-ILOVA
Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizom
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son, “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son, “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-son farmonlariga, shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son, “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son qarorlariga muvofiq sudyalarga, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar apparatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — sud organlari) xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda — prokuratura organlari xodimlari) va davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi sudyalarga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalariga (keyingi oʻrinlarda — sudyalar), sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura va davlat soliq xizmati organlari xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi.
2. Uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi (keyingi oʻrinlarda pul kompensatsiyasi deb ataladi) uy-joylar bilan taʼminlanmagan sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlariga va davlat soliq xizmati organlari xodimlariga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno), lekin:
Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shaharlari va tumanlar markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
Oila aʼzolari uch kishi va undan ortiq boʻlgan taqdirda (sudyaning, sud organlari xodimining, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlarining va davlat soliq xizmati organlari xodimlarining oʻzini hisoblamagan holda) ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi. Bunda sudyani tayinlash (saylash), sud organlari xodimini, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlarini va davlat soliq xizmati organlari xodimlarini tayinlash joyiga kelgan oila aʼzolari: xotini (eri), ularning bolalari va ota-onalari, shuningdek, qonunchilikka muvofiq ijaraga oluvchining oila aʼzolari deb eʼtirof etilgan boshqa shaxslar hisobga olinadi.
3. Sudyaga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlariga, davlat soliq xizmati organlari xodimlariga pul kompensatsiyasi sudya tayinlangan (saylangan) joyga kelgandan, sud organlari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlari va davlat soliq xizmati organlari xodimlari tayinlangan joyga kelgandan keyin uy-joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasi asosida toʻlanadi. Sudyaga tayinlangan (saylangan) joyida, sud organlari xodimiga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura xodimlariga va davlat soliq xizmati organlari xodimlariga tayinlangan joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda, uning vakolatlari toʻxtatilganda va tugaganda, pul kompensatsiyasi toʻlash toʻxtatiladi.
4. Sudyaga va sud organlari xodimiga tayinlangan (saylangan) joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki ular uy-joy sotib olganda ular bir hafta muddatda tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha tegishli hududiy boʻlimi (keyingi oʻrinlarda tegishli organlar deb ataladi) buxgalteriyasiga pul kompensatsiyasi toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimiga xizmat turar joyi berilgan yoki u Toshkent shahrida turar joy sotib olgan taqdirda u bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Administratsiyasi moliya-xoʻjalik departamentiga (keyingi oʻrinlarda tegishli organ deb ataladi) pul kompensatsiyasi toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza beradi.
Prokuratura organlari xodimiga xizmat uy-joyi berilganda yoki u tayinlangan (saylangan) joyida uy-joy sotib olganda u bir hafta muddatda tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturasi hamda ularga tenglashtirilgan prokuraturalar, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda tegishli organlar deb ataladi) buxgalteriyasiga pul kompensatsiyasi toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Davlat soliq xizmati organlari xodimiga xizmat uy-joyi berilganda yoki u tayinlangan joyda uy-joy sotib olganda u bir hafta muddatda tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri Davlat soliq boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda tegishli organlar deb ataladi) buxgalteriyasiga pul kompensatsiyasi toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
5. Tayinlangan (saylangan) joyida ota-onalari yoki eri (xotini)ning ota-onalari uy-joylarida birga yashayotgan sudyalarga, tayinlangan joyida ota-onalari yoki eri (xotini)ning ota-onalari uy-joylarida birga yashayotgan sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlariga va davlat soliq xizmati organlari xodimlariga pul kompensatsiyasi toʻlanmaydi.
6. Sudya, sud organlari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlari va davlat soliq xizmati organlari xodimlari pul kompensatsiyasini olish uchun vaqtincha yashash joyini va uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun kommunal xizmatlar qiymatisiz amaldagi xarajatlar summasini koʻrsatgan holda tegishli organ rahbariga ariza beradi.
Pul kompensatsiyasi toʻlash toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
sudyani, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimini tayinlash (saylash) toʻgʻrisidagi qarorning nusxasi, sud organlari xodimini, prokuratura va davlat soliq xizmati organlari xodimini lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning nusxasi;
nikoh toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
qonunchilikka muvofiq oila aʼzolari deb eʼtirof etilgan boshqa shaxslar hujjatlarining nusxasi;
uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasining nusxasi.
Tegishli organ taqdim etilgan hujjatlar asosida uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) uchun kompensatsiya miqdorini koʻrsatgan holda pul kompensatsiyasi tayinlash toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Tegishli organlar shaxslar ijaraga olingan uy-joyda yashashlarini va ularning yashash joylari oʻzgarishini doimiy nazorat qiladilar.
7. Sudyaga bola ikki yoshga toʻlgungacha uni parvarish qilish uchun taʼtil berilgan taqdirda, pul kompensatsiyasi taʼtilning butun davriga, biroq sudya ushbu uy-joyda yashashi sharti bilan, sudya etib tayinlangan (saylangan) muddatdan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.
Sud organlari xodimiga va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimiga, prokuratura organlari xodimlariga va davlat soliq xizmati organlari xodimiga bola ikki yoshga toʻlgungacha uni parvarish qilish uchun taʼtil berilgan taqdirda, pul kompensatsiyasi taʼtilning butun davriga, biroq sud organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimi, prokuratura organlari xodimlariga va davlat soliq xizmati organlari xodimi ushbu uy-joyda yashashi sharti bilan beriladi.
8. Pul kompensatsiyasi sud, sud organi va prokuratura organi joylashgan joy boʻyicha tegishli organning buxgalteriyasi tomonidan, ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq chiqarilgan buyruq asosida, ish haqi toʻlash bilan birgalikda oʻtgan oy uchun toʻlov vedomosti boʻyicha toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlariga pul kompensatsiyasi tegishli organ tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan tartibda toʻlanadi;
Pul kompensatsiyasini olish uchun hujjatlar tegishli organlarda qonunchilikda belgilangan muddat tamom boʻlgungacha saqlanadi.
9. Pul kompensatsiyasi miqdorini aniqlashda hisobga olinadigan oila tarkibi oʻzgargan taqdirda, sudyaning, sud organlari xodimining, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlarining va davlat soliq xizmati organlari xodimlarining oila tarkibi oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari ilova qilingan pul kompensatsiyasi miqdorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizasi asosida yangi miqdorlardagi pul kompensatsiyasi belgilangan tartibda ushbu oʻzgarishlar boshlangan kundan boshlab toʻlanadi.
10. Sudya, sud organlari xodimi, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlari va davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan ortiqcha olingan pul kompensatsiyasi summasi qonunchilikda belgilangan tartibda ish haqidan ushlab qolish yoʻli bilan toʻliq miqdorda undan undirib olinadi.
11. Ushbu Nizomga muvofiq sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va prokuratura organlari xodimlariga pul kompensatsiyasi toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Pul kompensatsiyasi toʻlashga pul mablagʻlari sarfi toʻgʻrisidagi hisobot ushbu Nizomga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda yilning har choragida taqdim etiladi.
12. Pul kompensatsiyasi toʻlashning toʻgʻriligini nazorat qilish tegishli organlar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
