Oʻzbekiston-Qozogʻiston davlat chegarasidan oʻtkazish punktlari toʻgʻrisida 2001-yil 16-noyabrda imzolangan Bitimga
04.09.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bayonnoma
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar,
ikki davlat oʻrtasidagi aloqani rivojlantirishga koʻmaklashuvchi xalqaro va ikki tomonlama oʻtkazish punktlari va ularning ishlash tartibini kelishish maqsadida,
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston—Qozogʻiston davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisida 2001-yil 16-noyabrda imzolangan Bitimning 1-moddasiga asoslanib (bundan keyin-Bitim),
quyidagilar toʻgʻrisida kelishdilar:
1-modda
Oʻzbekiston—Qozogʻiston davlat chegarasini shaxslar va transport vositalarining kesib oʻtishi, shuningdek yuk, tovar va hayvonlarni olib oʻtish uchun Tomonlar davlat chegaralaridan xalqaro va ikki tomonlama oʻtkazish punktlari roʻyxatini kelishib oldilar (ilova qilinmoqda).
Ushbu oʻtkazish punktlarining bahor-yoz va kuz-qish paytlarida ishlash vaqti Tomonlar chegara vakillari orqali belgilanadi.
Bayonnomada Tomonlar quyidagi atamalardan foydalanadilar:
Ikki tomonlama (davlatlararo) oʻtkazish punkti — faqat Tomonlar davlatlari fuqarolari va transport vositalarining chegarani kesib oʻtishi uchun;
Xalqaro (koʻp tomonlama) oʻtkazish punkti — jismoniy shaxslarning, ularning fuqaroligidan qatʼi nazar va Tomonlar davlatlari va uchinchi mamlakatlar hududida roʻyxatga olingan transport vositalarining davlat chegarasini kesib oʻtishi uchun.
2-modda
Ushbu Bayonnoma Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va Tomonlarning uni kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida oxirgi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ushbu Bayonnoma Bitim oʻz kuchini yoʻqotgunicha amal qiladi.
Ostona shahrida 2006-yil 4-sentabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bayonnoma qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
(imzolar)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston — Qozogʻiston davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisida 2001-yil 16-noyabrda imzolangan Bitimning Bayonnomasiga ILOVA
Oʻzbekiston—Qozogʻiston davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari
ROʻYXATI
*Oʻtkazish punkti faqat yengil avtotransport vositasining oʻtishi uchun foydalaniladi, tijorat maqsadida yuk va tovarlar oʻtkazilmaydi. Tovarlarni bojxona jarayonlari ostida joylashtirish bilan bogʻliq bojxona operatsiyalari amalga oshirilmaydi.
