Neft va gaz konlarini qidiruv ishlari, quduqlarni burgʻulash, sinash va ishga tushirishdagi texnologik jarayonlar ustidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1285-2-son)
19.10.2012
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISh, SANOATDA, KONChILIKDA VA KOMMUNAL-MAIShIY SEKTORDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OʻZBEKISTON NEFT MAHSULOTLARI VA GAZDAN FOYDALANIShNI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 19-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1285-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 327-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 19-son, 191-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi, Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining 2003-yil 15-oktabrdagi 01-637, 01/07-899, 01-1137-son qarori (roʻyxat raqami 1285, 2003-yil 31-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 19-20-son) bilan tasdiqlangan Neft va gaz konlarini qidiruv ishlari, quduqlarni burgʻulash, sinash va ishga tushirishdagi texnologik jarayonlar ustidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
“Sanoatgeokontexnazorat” DI boshligʻi B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 14-sentabr,
170-son
Oʻzdavneftgazinspeksiya boshligʻi Sh. MAXMUDOV
Toshkent sh.,
2012-yil 14-sentabr,
01/09-1323-son
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi v. b. I. TURAMURATOV
Toshkent sh.,
2012-yil 14-sentabr,
18-1906-son
